Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining bankomatlari integratsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Uzcard kompaniyasi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Maʼlum qilinishicha, barcha tijorat banklarining bankomatlari ikkala to‘lov tizimining kartalarini qabul qilishi uchun birlashtirildi.

“Endi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha bankomatlar ushbu imkoniyatni qo‘llab-quvvatlaydi va siz mos bankomat izlab vaqt yo‘qotmaysiz. Har bir bankomat Uzcard va Humo kartalaridan tranzaksiyalarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi”, — deya xabar bergan kompaniya.

May oyida “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ milliy banklararo to‘lov tizimi bilan birgalikda Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlarni yakunlagandi.  2023-yil 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi rejalashtirilgandi.

Uzcard va Humo to‘lov tizimlari 2021-yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunlagandi. O‘shanda har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti namoyish etilgan. 2023-yil yanvarda bo‘lsa, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov may oyigacha bitta bankomatda ham Uzcard, ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lishini maʼlum qilgan edi. Martda prezident qarori bilan Markaziy bankka Uzcard va Humo to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyasini bosqichma-bosqich, jumladan, 2023-yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023-yil yakuniga qadar to‘lov terminallari tizimini integrasiya qilish ishlarini yakunlash topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »