Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyidagi hukmron oila va qadimgi sulola vakillari 80 va 90 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, hanuzgacha ajoyib ko‘rinishga ega. Bu aristokratlarning ba’zilari 100 yoshni ham urib qo‘ygan.

Marianna, Germaniyaning Sayn-Vitgenshteyn-Sayn malikasi

103 yoshda

Foto: Legion Media

Eng keksa qirollik vakili — Marianna Sayn-Vitgenshteyn-Sayn malikasi. 1919-yilda tug‘ilgan avstriyalik zodagon ayol baron va baronessa Mayr-Melnxofning qizi bo‘lgan. U 1942-yilda Sayn-Vitgenshteyn-Sayn shahzodasi Lyudvigga turmushga chiqqanidan so‘ng malika bo‘ladi.

Marianna hech qachon bo‘sh o‘tirmagan — o‘smirlik chog‘ida ingliz tarbiyachisi uni fotograflikka ilhomlantirgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanganda u o‘zi tengi bolalar portretlari orqali urush davridagi hayot xronikasini yaratgan. Shundan so‘ng u san'at va moda olamining elitasi bilan aralashib, Karl Lagerfeld va Endi Uorxol kabi mashhur insonlar bilan do‘stlashadi. 2000-yilda malika butun dunyo elitasining shohona hayoti va ko‘ngilochar mashg‘ulotlari haqida batafsil ma'lumot beruvchi “Mamaratssa” nomli (Monako malikasi Karolina tomonidan berilgan taxallus sharafiga nomlangan) foto kitobini chiqaradi. Marianna allaqachon yuz yoshdan oshganiga qaramay, hozir ham modaga qiziqadi va zargarlik buyumlari bilan alohida ishtiyoq bilan bezanadi.

Yuriko, Mikasa malikasi

100 yosh

Foto: Legion Media

Yuriko — Mikasa shahzodasi Takaxitoning bevasi va Yaponiya imperatori Naruxitoning buvisi. 1923-yilda tug‘ilgan Mikasa 1941-yildan 2016-yilgacha — vafot etgunga qadar imperator Taishoning to‘rtinchi o‘g‘li bilan birga yashagan. Dunyodagi eng keksa qirollik oilasi vakillaridan biri bo‘lgan Yuriko ko‘p yillar davomida turli xayriya ishlarida ishtirok etib, Yaponiya Qizil Xoch va Imperator jamg‘armasi vakili sifatida prezident bo‘lib ishlagan. U uch o‘g‘lidan ham uzoq yashab, o‘zidan keyin ikki nafar qizi qolgan.

Malika Marianna Bernadott, Visborg grafinyasi

98 yoshda

Foto: Legion Media

Shvetsiya qirollik oilasi a'zosi bo‘lishdan oldin Marianna Bernadott Stokgolmdagi Qirollik drama teatrida aktrisa bo‘lgan. Aynan o‘sha yerda u shahzoda Zigvard Bernadotning e'tiborini tortadi. 1961-yilda aktrisaning zodagon oilaga mansub emasligi haqidagi e'tirozlarga qaramay, shahzodaning uchinchi rafiqasiga aylanadi (garchi shahzodaning oldingi xotinlari ham oddiy odamlar bo‘lgan). To‘ydan keyin Marianna kamtarlikni saqlab, o‘zini hech qachon malika deb atamagani uchun jamoatchilikning qiziqishi va hurmatini qozonadi. Zigvard 2002-yilda 94 yoshida vafot etgunga qadar er-xotin 40 yildan ortiq birga yashagan.

1924-yilda tug‘ilgan malika o‘zining nozik didi bilan maqtovga sazovor bo‘lgan. 2017-yilda Lidingo shahridagi Millesgården muzeyida hatto uning ajoyib liboslariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ham bo‘lib o‘tadi. Umuman olganda, Marianna hayotining ko‘p qismini xayriya ishlariga, asosan disleksiya bilan og‘rigan odamlarga yordam berishga bag‘ishlagan.

Ketrin, Kent gertsoginyasi

90 yoshda

Foto: Legion Media

Yelizaveta II ning o‘limi butun dunyoni larzaga soldi: monarx yoshini yashab bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni 2002-yilda 101 yoshida vafot etgan onasi kabi yuz yillik yubileyini nishonlashini kutgan — 96 yoshli malikadan so‘ng, Kent gersoginyasi Vindzorlar orasida uzoq umr ko‘rgan odamga aylandi.

Kent gertsogi shahzoda Edvardning rafiqasi 2023-yil fevral oyida o‘zining 90 yoshini nishonladi va hozirda eng keksa Britaniya qirolligi vakili hisoblanadi. Sog‘lig‘i sababli (u surunkali charchoq sindromiga chalingan) 1996-yilda Ketrin qirollik vazifalarini tark etadi. O‘shandan beri Kent gertsoginyasi omma e’tiboridan chetda yurishni afzal ko‘radi. Qirolicha Yelizavetta II ham Ketrinning ommaviy axborot vositalarida ko‘rinmaslik istagini qo‘llab-quvvatlagani aytiladi. Qizig‘i shundaki, 1996-yilda o‘sha paytda 63 yoshda bo‘lgan gersoginya davlat maktabida musiqa o‘qituvchisi sifatida ishlay boshlaydi.

Qirol Albert II

89 yoshda

Foto: Legion Media

Belgiya qiroli Albert II 1993-yildan 2013-yilgacha taxtda o‘tirgan. U qirollik oilasida tug‘ilgan bo‘lsa-da, hayot yo‘lini yopib olishi oson bo‘lmagan. Shahzoda 1934-yil iyun oyida tug‘ilgan, onasi qirolicha Astrid esa bir yil o‘tgacha, avtohalokatda vafot etgan. O‘shanda onasi atigi 29 yoshda edi. Shundan so‘ng Albert 1944-yilda Belgiyadan Germaniyaga deportatsiya qilinib, urush dahshatlarini boshidan kechirgan.

Albert 1993-yilda Ispaniyada ta'til paytida vafot etgan farzandsiz akasi qirol Boduendan keyin taxtga o‘tiradi. 79 yoshga kelib Albert sog‘lig‘idagi muammolar tufayli 2013-yilda taxtdan voz kechgach, o‘rniga o‘g‘li qirol Filipp o‘tiradi. O‘shandan beri uning sog‘lig‘i yomonlashishda davom etmoqda. 2023-yil iyun oyida esa u suvsizlanish va qon infeksiyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Imperator Akixito

89 yoshda

Foto: Legion Media

2019-yilda Akixito 200 yillik vorislik tarixida taxtdan voz kechgan birinchi Yaponiya imperatoriga aylandi. O‘zining 30 yillik hukmronligi davrida u ilg‘or shaxs qiyofasiga ega bo‘ldi. Yaponiyaning urushdan keyingi patsifist pozitsiyasiga muvofiq, u Ikkinchi jahon urushidan omon qolganidan beri o‘z suverenitetining ko‘p qismini boshqalarga ultramillatchilik zararli ekani haqida ma'lumot berishga bag‘ishladi. Taxtdan voz kechgach, u Yaponiya yoshlariga urush paytida qancha odam halok bo‘lganini hech qachon unutmasliklarini iltimos qildi.

Akahito 2022-yilda 89 yoshga to‘ldi. Hozirda ham umrbo‘yi qiziqqan gobi baliqlari ustidagi izlanishlarini davom ettirmoqda, natijada 2021-yilda Imperator saroyi biologik laboratoriyasida ikkita yangi turni kashf etdi.

Empress Michiko

88 yoshda

Foto: Legion Media

Sobiq imperator Akixitoning rafiqasi sifatida Michiko 1989-yildan 2019-yilgacha Yaponiya qirolichasi bo‘lgan. Dunyodagi eng qadimgi monarxiya — Yaponiya imperatorlik uyi a'zosi 1934-yilda tug‘ilgan va 1959-yilda Akixito bilan turmush qurgan. Ammo mazkur nikoh sevishganlarning ijtimoiy mavqeyi tufayli janjalga sabab bo‘ladi: Masako Avada millioner sanoatchining qizi bo‘lsa ham, u oddiy odam hisoblanardi, an’anaviy turmush tarafdorlari qirollik nikohlari belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Michiko an’anani buzgani uchun maqtovga sazovor bo‘lgan mashhur shaxsga aylanadi.

Stress bilan bog‘liq bir qator kasalliklarga qaramay, qirolicha hozir ham baquvvat. U 2022-yil oktabr oyida 88 yoshga to‘ldi. Bir necha oy oldin chuqur vena trombozi tashxisi qo‘yilganiga qaramay, odatiy turmush tarzini davom ettirayotgani xabar qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »