Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xonanda Teylor Sviftning Sietldagi The Eras Tour konserti chog‘ida muxlislar faolligi tufayli 2,3 magnitudali zilzilaga teng seysmik faollik qayd etildi. Bu haqda G‘arbiy Vashington universiteti geologiya professori, seysmolog Jeki Kaplan Auerbax xabar berdi, deb yozmoqda “Pravila jizni” nashri. 

Foto: “Yandeks.ru” 

Seysmologning so‘zlariga ko‘ra, 2011-yilda mahalliy futbol jamoasining o‘yinida muxlislar g‘alabadan xursand bo‘lganida shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan.

“Men ikkala hodisaning ma’lumotlarini to‘pladim va bu deyarli bir xil signallar to‘plami ekanini darhol payqadim”, — deydi olim. Uning qo‘shimcha qilishicha, magnitudadagi farq 0,3 ballni tashkil etadi, biroq Sviftning muxlislari futbol muxlislariga qaraganda ancha faol bo‘lgan.

Foto: “Pravila jizni”

“Asosiy farq — silkinishning davomiyligi. Turdan keyingi qarsaklar bir necha soniya davom etgan, oxir-oqibat susaygan. Men Teylor Sviftning konsertidan taxminan 10 soatlik ma’lumot to‘pladim. Musiqa, dinamika, ritm. Bu energiyaning barchasi yerni teshib, uni silkitishi mumkin”, — deydi Kaplan Auerbax.

Sviftning Sietldagi konsertlaridan biriga tashrif buyurgan CNN muxbiri ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

“Teylorning Sietldagi konserti unutilmas taassurot qoldirdi. Siz tom ma’noda yerning titrayotganini his qilishingiz mumkin edi. Quloqlarimda shovqin borligini hali ham his qilyapman”, — deydi jurnalist.

Sviftning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi postlaridan birida muxlislarning faolligini qayd etib, tomoshabinlarga “barcha olqishlar, qichqiriqlar, sakrashlar, raqsga tushish va qo‘shiq kuylagani” uchun minnatdorchilik bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »