Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shantal Biyya haqli ravishda dunyodagi eng yorqin birinchi xonimlardan biri hisoblanadi. Bularning barchasi ayolning unutilmas liboslari, o‘ziga xos pompadur uslubidagi soch turmagi, ixchamlik va kamtarlikni aniq rad etishi tufayli Shantalning obrazlari barchani o‘ziga qaratadi. Kamerunning birinchi xonimi shu qadar mashhurki, moda kuzatuvchilari ayrim kiyimlarni “Shantal Biyya uslubi” deb atashadi.

Foto: Getty Images

Shantal Viguruning kelib chiqishi yarim fransuz. U yolg‘iz ona Rozetta Ndongo-Mbuchuangning yagona farzandi bo‘lib, fransuz otasi Société Forestier et Industrielle de Belabo’ning sobiq xodimi Jorj Viguru bilan hech qachon uchrashmagan. Qiz model bo‘lib, Yaunde va Dualadagi mahalliy moda ko‘rgazmalarida qatnashgan, kollejda o‘qib yurganida Dualadagi restoranda ofitsiant bo‘lib ham ishlagan.

Foto: Getty Images

Shantal Pol Biyyaga 1994-yilda turmushga chiqadi. Taxminlarga ko‘ra, ularning romantikasi 1993-yilda davlat rahbarining Mvomekaa qishlog‘idagi tug‘ilgan kuni kechasida boshlangan. O‘sha paytda qiz 22 yoshda bo‘lgan, aytishlaricha, prezident qizning quvnoq xarakterini yoqtirib qolgan. Ammo Shantal taksi haydovchisiga turmushga chiqqan bo‘lib, keyinchalik bu nikohidan ajrashadi. 1994-yil 23-aprelda bo‘lib o‘tgan Shantal va Pol Biyyaning to‘yiga sanoqli odam taklif qilingan, chunki bu nikoh boshqalardan sir saqlangan.

Foto: Getty Images

Hozirda Pol 89, Shantal esa 51 yoshda. Biyya 1982-yildan beri uzoq vaqt xizmat qilgan zamonaviy prezidentlardan biri sifatida tanilgan. Kamerun Markaziy Afrikada joylashgan, ammo Atlantika okeaniga chiqish imkoniga ega. Mahalliy aholi esa fransuz va ingliz tillarida gaplashadi. Mamlakatning urf-odatlari Afrikadagi turli etnik guruhlardan kelib chiqqan va mustamlakachilikdan keyingi ba’zi elementlar bilan o‘zaro bog‘langan.

Foto: Getty Images

Ko‘plab afrikaliklar singari Shantal ham iloji boricha yorqin libos kiyishga harakat qiladi. Ko‘pincha bu tor etakli uzun yubka va turli rangdagi jaket bo‘ladi. Kamerunning birinchi xonimi diplomatik tashriflar paytida eriga hamrohlik qiladi, uning liboslari doimo olomondan ajralib turadi. U har doim yorqin ranglarni tanlaydi, shuning uchun siyosiy uchrashuvlardagi suratlarda uni sezmaslik mumkin emas.

Foto: Getty Images

Biroq Biyya o‘zini milliy an’analar bilan cheklamaydi. Kamerunning birinchi xonimi Chanel, Dior, Gucci va Louis Vuitton kabi mashhur g‘arb brendlarini ham yaxshi ko‘radi. Ko‘pincha ushbu brendlar sumkalarini har doim yorqin bo‘lgan kiyimlari bilan birlashtiradi.

Foto: Getty Images

Shantal obrazining diqqatni tortadigan elementi uning soch turmagidir. Pompadur uslubidagi g‘ayrioddiy soch turmagi yuzga tushgan kalta jingalaklar va ortga tashlangan uzun sochlar ba’zan ajoyib kare bilan almashtiriladi, lekin ikkita xususiyat har doim o‘zgarishsiz qoladi — sochlarning ajoyib dabdabasi va jozibali rang.

Foto: Getty Images

Kamerun birinchi xonimining unutilmas soch turmagi ko‘pincha bosh kiyimlar bilan ham to‘ldiriladi. Bu Rim papasi Benedikt XVI bilan uchrashuvdagi xoch shaklidagi g‘ayrioddiy shlyapa bo‘lishi mumkin. Pushti pion guldastasi esa Biyya xonim tomonidan Obama juftligi bilan uchrashuv uchun tanlangan.

Foto: Getty Images

Kamerun Hamdo‘stlik davlatlarining bir qismi, shuning uchun Biyya juftligi qirol oilasi bilan tez-tez uchrashadi. Vindzorlar oilasining ko‘plab ayollari singari Shantal ham monorangda obraz yaratishni yaxshi ko‘radi. Ba’zida uyg‘unlik shunday darajaga yetishi mumkinki, to‘qilgan gulli brosh Dior sumkasi rangiga to‘liq mos keladi. Birinchi xonim har doim saylov uchastkalariga sariq libosda keladi.

Foto: Getty Images

Biroq Shantalning sevimli rangini aniqlash oson emas. Barcha ranglar unga yarashadi va Biyya har doim jozibali kiyimlarni yorqin makiyaj bilan to‘ldiradi, bu esa obrazni me'yorida saqlashga yordam beradi. Birinchi xonimning go‘zallik arsenalida juda ko‘p pushti va qizil lab bo‘yog‘i, ajoyib rumyana palitrasi va xaylayterlar mavjud. Shantalning rang-barang manikyurni yaxshi ko‘rishini ham sezmaslik mumkin emas.

Foto: Getty Images

Kamerun birinchi xonimining deyarli har qanday kiyimi baland poshnali poyabzallar bilan to‘ldiriladi. Biyya xonim katta aksessuarlar — halqali sirg‘alar, uzuklar, soat bilaguzuklarni ham qadrlaydi. Moda kuzatuvchilari bir ovozdan Shantalni siyosiy arbobdan ko‘ra ko‘proq kiyinishi bilan mashhur ayol deb tasniflashlari ajablanarli emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »