Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ziyauatdin Zaytov Nukus tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi

Ma’lum qilinishicha, 2-avgust kuni Xalq deputatlari Nukus tumani kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay Orinbayev ham ishtirok etgan. Sessiyada Ziyauatdin Zaytov Nukus tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Tayinlovga qadar Zaytov Nukus shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Aybek Kamolov Kegeyli tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sho‘basi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.

Bundan oldin Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukus shahri hokimi lavozimiga tayinlangan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »