Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasini “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “Otkritie Media”

Aymani Qodirova Axmat Qodirov nomidagi viloyat jamoat fondi rahbari hisoblanadi. Checheniston rahbarining onasi “faol ijtimoiy faoliyati” sabab mukofotlangani aytilgan. Qodirova Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari aholisi va jangarilarga gumanitar yordam jo‘natib turuvchi jamg‘armani boshqaradi.

Checheniston rahbarining onasi allaqachon o‘nta mukofotga, jumladan, tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining “Do‘stlik” ordeniga ega.

“Jamg‘armaning insonparvarlik missiyasiga berilgan yuksak baho uchun umummilliy yetakchimizdan (Putindan) cheksiz minnatdorman”, – deya Ramzan Qodirov mukofotga munosabat bildirdi.

Ramzan Qodirovning qarindoshlari qanday mukofotlar olgan?

Ramzan Qodirovning qarindoshlari, xuddi o'zi kabi, muntazam ravishda mintaqaviy va federal mukofot va unvonlar oladi. 

  • 2022-yil noyabrda Putin Checheniston rahbarining rafiqasi Medni Qodirovaga “Qahramon ona” unvonini bergan. 
  • 2023-yil fevralda Qodirovning o‘zi birinchi “Checheniston Qahramoni” bo‘ldi (bu unvonni uning o‘zi ta’sis etgan) va mart oyida u “Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan inson huquqlari himoyachisi” medalini oldi.
  • Iyun oyida Checheniston rahbarining 20 yoshli qizi Xutmat “tibbiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi” uchun respublikaning oliy ordeni bilan taqdirlangan edi.
  • Putin Checheniston rahbarining 26 yoshli jiyani Hamzat Qodirov “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” II darajali ordeni bilan taqdirlagandi.  U“faoliyatidagi muvaffaqiyatlar va ko‘p yillik vijdonli mehnati uchun” mukofotlangan.
BBC rus xizmatining 2018-yilda hisob-kitoblariga ko‘ra, Chechenistondagi 158 nafar yuqori martabali amaldorning 30 foizi respublika rahbarining qarindoshlari, 23 foizi qishloqdoshlari, yana 12 foizi Checheniston rahbarining do‘stlari va ularning qarindoshlaridir. 
“Qarindoshlarimning har qanday muassasa va har qanday lavozimdagi talabi o‘n barobar ko‘p, chunki ular menga qaramay ishlashlarini isbotlashi kerak. Kimga ishonsam, o‘shani tayinlayman”, — degan edi Qodirov bu borada.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »