Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatning postsovet davridagi taraqqiyotini aks ettiruvchi kitob chiqardi.

Foto: “Kaktus media”

“24.kg” axborot agentligining yozishicha, “Yangi Qirg‘izistonni qurish yo‘li” kitobi to‘rt qismdan iborat. Birinchi qism mamlakatni yangilash g‘oyasining tug‘ilishiga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchi qismda respublikaning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishlari, uchinchi qismda xalqning milliy urf-odatlari, xususiyatlari va madaniyati tavsiflanadi, to‘rtinchi qismda esa taraqqiyot yo‘li sarhisob qilinadi.

Kitob qirg‘iz tilida 41 ming nusxada chop etilib, viloyat kutubxonalari va Qirg‘izistondagi turli muassasalarga jo‘natilgan.

“Jani Qirgizistandi kuruunun bagiti” Sadir Japarov muallifligida chop etilgan ikkinchi kitob bo‘ldi. Birinchisi 2015-yilda chiqarilgan “Siyosatda 10 yil” nomli kitob edi. Unda 2005-yildan beri Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan asosiy siyosiy voqealar tasvirlangan. Xususan, kitobda mamlakatning birinchi prezidenti Asqar Akayevning qochib ketishi, Qurmanbek Bakiyevning hokimiyatga kelishi, Feliks Qulov bilan tandem tashkil etilgani, Sadir Japarovning Korrupsiyaga qarshi kurash agentligidagi faoliyati, muxolifatning norozilik namoyishlari va boshqa voqealar haqida batafsil hikoya qilinadi.

Avvalroq Turkmaniston sobiq prezident, amaldagi Xalq kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning “Hayotim mazmunini davom ettirish” nomli yangi kitobi chiqarilgan edi. Gurbanguli Berdimuhamedov turli mavzularda yozilgan kamida 50 ta kitob muallifi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »