Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 2 viloyat soliq boshliqlari va Soliq qo‘mitasining inspeksiya boshlig‘ini ishdan oldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu bilan birga, soliq idoralari qo‘shimcha manbalar topish o‘rniga eski zamon kasaliga berilib, ishlayotgan tadbirkorlarning tayyor mablag‘larini undirishga o‘rganib olgani qayd etildi. Masalan, 2022-yilda tadbirkorlar tomonidan ortiqcha to‘langan soliqlar hajmi 320 milliard so‘mga oshib, 4,4 trillion so‘m bo‘lgan.

“Afsuski, soliq xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy jinoyatlar soni yildan yilga ko‘paymoqda”, — dedi prezident.

Bosh prokuratura huzuridagi departament nazoratni susaytirib yuborgani tanqid qilinib, unga soliqchilar tomonidan ortiqcha to‘lovlar undirish, ularni vaqtida qaytarmaslik, tekshirishdagi soxtakorlik kabi qonun buzilishlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tizim yaratish topshirildi. 

Shuningdek, budjet tushumlarini taʼminlash va tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:

  • Andijon va Sirdaryo viloyatlari soliq boshliqlari hamda Soliq qo‘mitasining yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisini lavozimidan ozod qilish;
  • iqtisodiyot va moliya vazirining soliqqa masʼul o‘rinbosari D.Sultonov, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari M.Mirzayev, J.Abdiyev, S.Eshmatov, M.Mahkamov, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘iga hayfsan eʼlon qilishga ko‘rsatma berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »