Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilayotgan Futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unga ko‘ra, bu markaz Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Hozirda 8 ming o‘rinli stadion qurilgan. Yana 7 ta mashg‘ulot maydoni, plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn, reabilitatsiya majmuasi va yotoqxonalar qurilishi rejalashtirilgan.

Soha mutasaddilari bilan suhbatda milliy futbolga xorijdan malakali texnik direktor olib kelish, futbol tuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan va Toshkentda mintaqaviy bazalar tashkil qilish, murabbiylar maktabini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident yoshlar orasida futbolni yanada ommalashtirish, ularga sharoit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

“O‘zbekistonda futbol eng sevimli sport turi. Har o‘nta odamdan to‘qqiztasi uning muxlisi desa bo‘ladi. Bu ommaviylikdan foydalanib, futbolni tubdan rivojlantirish kerak. Masalan, yurtimizda 10 mingta maktab bor, 208 ta tuman-shahar bor. Xo‘sh, maktab, mahalla, jamoalarda futbol qanday bo‘ladi? Ikkinchidan, futbolga mehr qo‘ygan bolalar o‘z yo‘lini topishi uchun nima qilishimiz kerak? Uchinchidan, yoshlar futboldan ketgandan keyin nima bilan shug‘ullanadi, ularga qo‘shimcha kasb-hunar berishni ham o‘ylash zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari yosh futbolchilar bilan ham suhbatlashdi.

“Xalqimizning sportga mehri kuchli. Ayniqsa, futbol “oilaviy do‘stimiz”. Milliy terma jamoamiz o‘yinlarini hammamiz g‘urur, faxr, hayajon bilan kuzatamiz. Sizlar oilada ota-onangizning farzandi bo‘lganingiz bilan maydonda xalqimizning farzandisizlar. Ana shuni doim yodda tuting”, — dedi prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Futbolchilarda Vatan tuyg‘usini shakllantirish muhimligi ham taʼkidlandi.

“Futbolchilar dunyo kezadi, chet el jamoalarida o‘ynaydi. Ular O‘zbekiston tarixini, sharoitlarini yaxshi bilishi kerak. Ular bizning elchilarimiz, bolalarga namuna”, — deya taʼkidladi davlat rahbari.

Futbol tibbiyoti va reabilitatsiyasini jahon yutuqlari asosida rivojlantirish masalalari ham ko‘rsatib o‘tildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »