Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona shahrida taksi haydovchisi va fuqaro o‘rtasidagi janjal ortidan uch nafar IIO xodimi egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagani uchun Farg‘ona viloyati IIB patrul-post xizmati otryadi safdor xodimlari V.N., E.P hamda guruh komandiri kapitan Z.O. egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.

Shuningdek, Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyon komandiri H.S.ga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Janjal 1-avgust kuni sodir bo‘lgandi. Fuqaro Sh.S. Yandex’ga taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani mazkur firma haydovchisi I.R. qabul qilib, Cobalt’da S.Sh. turgan ko‘chaga yetib kelgan. Biroq, fuqaro Sh.S. haydovchining telefon apparati o‘chib qolgani va uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan jahli chiqqan va u bilan o‘zaro janjallashib, mashinasiga g‘isht otib, shikastlagan. Janjal sodir bo‘lgan joyda ichki ishlar xodimlari ham bo‘lgan va ular vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha qat’iy chora ko‘rmagandi. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, fuqaro Sh.S. tegishli tartibida ushlangan. Mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha tegishli tartibda ekspertiza tayinlangan.

Izoh

sherzod otajonov

03.08.2023, 12:01

буям кам, яна бошқармани номини қаренг.... "Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi" эмиш..... буларни духи қўённикиданам пастку.... "ҚЎЁН ЮРАКЛАР"

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »