Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati Uychi tumanidagi bog‘chada 15 nafar bola tortdan zaharlandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.  

Foto: "Daryo" / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 25- iyul kuni Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi sifati tez buziluvchi mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi, ovqat toksikoinfeksiyasida gumonlanib, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan. 

O‘rganish natijasida muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tomonidan farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan sifatsiz tort shirinligi olib kelingani va u tarbiyachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan bolalarga berilgani aniqlandi. 

Shifoxonada bolalarga darhol barcha zarur muolajalar ko‘rsatilib, o‘sha kunning o‘zida — ikki soatdan so‘ng 13 nafarining holati yaxshilangani sababli uylariga ketishi uchun shifokorlar ruxsat etgan. 2 nafar bolaga esa butunlay sog‘ayganidan keyin, 26- iyul kuni javob berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilib, “Gulshan” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qaytarilgan. 

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullariga ta’lim muassasalariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilgani va tushuntirish ishlari to‘liq olib borilgani bildiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »