Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqtau garnizoni sobiq harbiy xizmatchisi 11 yashar qizini zo‘rlagani uchun kimyoviy kastratsiyaga hukm qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Illyustrativ foto: elements.envato.com

Hukmni Ostonadagi jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo harbiy sudi chiqargan.

“Sudlanuvchi harbiy xizmatni o‘tash davrida 11 yoshli qizini bir necha bor zo‘rlagan. Sudlanuvchining aybi jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, ekspertiza natijalari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan to‘liq isbotlangan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, prokuror ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosini so‘ragan.

“Sud hukmi bilan sobiq harbiy 120-moddaning 4-qismi ‘Voyaga yetmaganni zo‘rlash’, 121-moddaning 4-qismi ‘Voyaga yetmaganga nisbatan shahvoniy xarakterdagi zo‘ravonlik harakati’ va 124-moddaning 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi”, — deyiladi xabarda.

Sud hukmiga ko‘ra, sobiq harbiy jazoni ijro etish tizimidagi favqulodda xavfsizlik muassasasida ushlab turish bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, hukmda sobiq harbiyga nisbatan kimyoviy kastratsiya tarzidagi majburiy davolash qo‘llanilishi ham ko‘zda tutilgan. Qaror qonunan kuchga kirmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »