Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston aholisi internetda Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish bo‘yicha takliflarga duch kelmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Reklamada aytilishicha, Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolaganlar 5300 dollar (taxminan 500 ming rubl) miqdorida bir martalik to‘lov, shuningdek, kamida 190 ming rubl miqdorida oylik maosh va qo‘shimcha to‘lovlar oladi.

Reklama aniq qozog‘istonliklarga qaratilgan. Xususan, unda Rossiya va Qozog‘iston bayroqlari tasvirlangan bo‘lib, uning yonida “yelkama-yelka” shiori o‘rnatilgan.

E’lon Saxalindagi armiyaga borishni taklif qiluvchi veb-saytga olib boradi. Sayt Saxalin viloyatining inson kapitalini rivojlantirish agentligi tomonidan yaratilgan.

Na tashkilot, na Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi jurnalistlarning savollariga javob bermadi.

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga ko‘ra, respublika fuqarolari xorijdagi qurolli mojaroda qatnashgani uchun besh yildan to‘qqiz yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Urushga yollash esa yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Avvalroq bunday e’lonlar Volgograddagi jamoat transportlarida o‘zbek tilida paydo bo‘lgandi. Unda oyiga 200 ming rubl (taxminan ikki ming dollardan oshadi) va’da qilingan daromaddan tashqari, xizmatga borishni istaganlar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi eslatib o‘tiladi. Bunday e’lonlar tojik va qozoq tilida ham chop etilishi aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »