Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yig‘ilishida undan adolat talab qilib, o‘ziga nisbatan nohaqlik bo‘lganini aytgan maktab direktori yig‘ilishdan olib chiqib ketilib, qamoqqa olingani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda jamoatchilikka xabar bergan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova o‘qituvchini qamoqdan chiqarganini, ish uning nazoratida ekanini ochiqladi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Maktab direktori ayni damda maʼmuriy qamoq jazosidan ozod etildi. Shu o‘rinda taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o‘z muomala madaniyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchiman, — deydi vazir.
Foto: Videodan kadr

Tarmoqlarda tarqalgan videoda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi maktab direktori Umida Tursunova bilan tortishgani aks etgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbar Murodbek Davlatovning “Daryo”ga bildirishicha, tortishuv 26-iyul kuni Sariosiyo tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan.

Viloyat hokimi Umida Tursunovaga lavozimidan olinganini aytgach, direktor “mening nima aybim bor” deb so‘raydi. “Eplolmaganing uchun, butun dunyoga sharmanda qilganing uchun”, deya javob bergan viloyat hokimi.

Foto: Videodan kadr
U yerda nima bo‘lganini siz qayerdan bilasiz? “Muhitni buzding”, deysiz, nima muhit buzilgan u yerda? Maktabning tomorqasigacha sotib yuborishyapti, shuncha yozganimizga indamaylik deb... Ahvolni o‘rganadigan odam yo‘q, bularning hammasining tili bir, — deydi Umida Tursunova viloyat hokimining dakkisi noo‘rin ekanini taʼkidlar ekan.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Voqea davomida maktab direktori “Viloyat hokimiga to‘g‘ri maʼlumot kiritilishi kerak. ‘Yo‘qot, yo‘qot, yo‘qot’ Nima qilyapman men? Senlar maktabda xohlagan ishingni qilding, hech kim hech narsa qilmadi-ku?! Menga chora ko‘riladimi? Nimaga tashqariga chiqaman? Mana shu yerda turib oxirigacha eshitaman, prezidentga aytadigan gapim bor. Otsa meni, O‘zbekiston oldiga olib chiqib otib tashlasin”, — deydi. Shundan so‘ng direktor ichki ishlar organi xodimlari tomonidan majlislar zalidan olib chiqib ketilgan.

Foto: Videodan kadr

Majlislar zalini tark etayotgan Umida Tursunova viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga qarata “Hayf sizday viloyat hokimiga”, deydi.

Murodbek Davlatovning qo‘shimcha qilishicha, Umida Tursunova dastlab o‘qituvchilarga qo‘pol muomalasi sabab jamoatchilik nazariga tushgan. Shuningdek, u maktabga murojaatni o‘rganishga borgan jurnalistlarning kamerasiga shikast yetkazgan.

Izoh

N O D I R B E K

03.08.2023, 22:38

Assalom aleykum.. Bizda mavjuda muammoni yechish o'rniga muammoni olib chiqqan odamni jim qilishni do'ndirishadi. Ikkinchi tarafniham eshitib ko'rish kerakdur balkim.. Dunyoga sharmanda qilding deb prezidentni gaplaridan foydalanib maddohlik qilmasdan.. Lekin uni o'rniga direktorni o'qituvchilarga qo'pol muomalali, jurnalistni kamerasiga shikast ketqazgan deb yomon otliqqa chiqarishadi. Adolat qaror topishi tarafdoriman.. Prezidentimizga yetib borishi kerak bu xolatlar. O'zlari holis baho bersin..

Akangman

03.08.2023, 21:11

Iwdan olsin bu hokimni Tora Bobolovdan ham hamma bezor bob ketgan buyoqdan quvilib buyoqqa buyoqdan quvilib buyoqqa joylawayveradi. ALLOH jazoyingni bersin uzinga bolangdan qaytsin. AMIN

OMADALI

03.08.2023, 20:58

Mard ayol ekan. Qane edi hama shunaqa bolsa karupsiya kamayardi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »