Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yig‘ilishida undan adolat talab qilib, o‘ziga nisbatan nohaqlik bo‘lganini aytgan maktab direktori yig‘ilishdan olib chiqib ketilib, qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri holat yuzasidan bayonot berdi. 

Unga ko‘ra, mazkur direktor o‘z ish faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, mamlakatda faoliyat olib borayotgan har bir pedagog xodim davlat himoyasida ekanini qayd etgan. 

“Bugun pedagog xodimlarning obro‘ va nufuzini oshirish davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan ekanligi barchaga ma’lum.

Davlatimiz rahbari tomonidan barcha hokimliklarga maktablarni moddiy-texnik bazasini yaxshilash va maktab jamoasi faoliyat olib borishi uchun qulay infratuzilma yaratish vazifasini topshirgan. Davlatimizda bugun olib borayotgan ta’lim sohasi xodimlarining obro‘ va nufuzini ko‘tarish kabi ustuvor siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda har bir rahbar xodim barcha pedagog xodimlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini, maktabda pedagog xodimlar faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratishini, maktabdagi ma’naviy muhit, ta’lim sifati va mazmuni bilan bog‘liq har qanday vaziyat esa vazirlik nazoratida ekanligini eslatib o‘tmoqchiman”, — deydi Hilola Umarova.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi maktab direktori Umida Tursunova bilan tortishgani aks etgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbar Murodbek Davlatovning “Daryo”ga bildirishicha, tortishuv 26-iyul kuni Sariosiyo tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan.

Viloyat hokimi Umida Tursunovaga lavozimidan olinganini aytgach, direktor “mening nima aybim bor?” deb so‘raydi. “Eplolmaganing uchun, butun dunyoga sharmanda qilganing uchun”, deya javob bergan viloyat hokimi.

Foto: Videodan kadr
U yerda nima bo‘lganini siz qayerdan bilasiz? “Muhitni buzding”, deysiz, nima muhit buzilgan u yerda? Maktabning tomorqasigacha sotib yuborishyapti, shuncha yozganimizga indamaylik deb... Ahvolni o‘rganadigan odam yo‘q, bularning hammasining tili bir, — deydi Umida Tursunova viloyat hokimining dakkisi noo‘rin ekanini taʼkidlar ekan.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Voqea davomida maktab direktori “Viloyat hokimiga to‘g‘ri maʼlumot kiritilishi kerak. Yo‘qot, yo‘qot, yo‘qot, nima qilyapman men? Senlar maktabda xohlagan ishingni qilding, hech kim hech narsa qilmadi-ku?! Menga chora ko‘riladimi? Nimaga tashqariga chiqaman? Mana shu yerda turib oxirigacha eshitaman, prezidentga aytadigan gapim bor. Otsa, meni O‘zbekiston oldiga olib chiqib, otib tashlasin”, — deydi. Shundan so‘ng direktor ichki ishlar organi xodimlari tomonidan majlislar zalidan olib chiqib ketilgan.

Foto: Videodan kadr

Majlislar zalini tark etayotgan Umida Tursunova viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga qarata “Hayf sizday viloyat hokimiga”, deydi.

Murodbek Davlatovning qo‘shimcha qilishicha, Umida Tursunova dastlab o‘qituvchilarga qo‘pol muomalasi sabab jamoatchilik nazariga tushgan. Shuningdek, u maktabga murojaatni o‘rganishga borgan jurnalistlarning kamerasiga shikast yetkazgan.

Izoh

JAMShID GAFUROV

03.08.2023, 23:24

Hokim kim? U oddiy bir hokim va u kim bo'lishidan qatiy nazar qamoqa olish hamda shunga o'xshash qarorlar chiqarishga QONUNAN haqqi yo'q . Qisqasi - Yosh bolaga ish buyur va ketidan o'zing yugur .

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »