Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi 2023-yilning yanvar—iyun oylarida qancha fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangani to‘g‘risida axborot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, O‘zbekistonda yarim yil ichida 201 ming 216 nafar fuqaroga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi. Shundan 121 ming 620 ta yoshga doir pensiya, 15 ming 326 ta nogironlik pensiyasi, 9 ming 255 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va 55 ming 15 fuqaroga nafaqalar tayinlangan.

Jamg‘arma xabarida yangi pensiya va nafaqa tayinlanganlarning 101 ming 726 nafari (50,6 foiz) ayollar ekani qayd etilgan.

Statistikaga ko‘ra, yangi pensiya va nafaqalar so‘ngi yarim yil davomida aprel oyida eng ko‘p (36 ming 552 ta) tayinlangan. Keyingi o‘rinlar — mart (35 ming 686 ta), iyun (34 ming 750 ta), may (35 ming 401 ta) va yanvar (33 ming 609 ta) oylarida bo‘lgan. Eng kam yangi pensiya va nafaqalar fevral oyida (25 ming 218 ta) tayinlangan.

Maʼlumot uchun, joriy yil 1-iyunda O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 million 447 ming 597 nafarni tashkil qilgan. Shundan yoshga doir pensiya oluvchilar 3 million 182 ming 617 nafar, nogironlik pensiyasini oluvchilar 426 ming 532 nafar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar 230 ming 359 nafardir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »