Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskva shahar sudi Vladimirdagi qattiq tartibli koloniyada o‘tkazilgan yig‘ilishda siyosatchi Aleksey Navalniyni 19 yilga qamadi. U jazoni maxsus rejimli koloniyada o‘taydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: “Moskva”

“Ekstremizm” ishi bo‘yicha sud jarayoni maxfiy tarzda o‘tkazilgan. U 19-iyunda boshlanib, bir oy davom etgan, barcha uchrashuvlar yopiq eshiklar ortida bo‘lgan.

20-iyul kuni prokuror firibgarlik ishi bo‘yicha to‘qqiz yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Navalniyga yana 20 yillik maxsus rejim so‘radi. Muddat avvalgi jazoga qisman qo‘shilgan holda so‘ralgan.

Maxsus rejimli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilishning eng og‘ir sharoitlariga ega bo‘lgan muassasalardir. U yerga, Rossiya Jinoyat kodeksiga ko‘ra, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan yoki “jinoyatning o‘ta xavfli turi” bilan jazolangan erkaklar yuboriladi. Navalniy ishida ayblov shu ikkinchi punktga qaratilgan.
Foto: Sud jarayonidan kadr / Telegram

“Ekstremizm” ishi bo‘yicha Navalniyga Rossiya Jinoyat kodeksining yetti moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan bo‘lib, ulardan eng og‘iri ekstremistik jamiyat yaratish bo‘lgan. Rossiya hukumati Korrupsiyaga qarshi kurash fondini “ekstremistik hamjamiyat” deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, muxolifatchi ekstremizmga chaqirish, ekstremistik harakatlarda ishtirok etish, fuqarolar huquqlarini poymol qiluvchi nodavlat tashkilot tuzish, ekstremizmni moliyalashtirish, o‘smirlarni xavfli harakatlarga jalb etish va natsizmni oqlashda ayblangan.

Bu ish bo‘yicha yana bir ayblanuvchi, Navalniy LIVE YouTube kanalining sobiq texnik direktori Daniel Xolodniyga prokuror tomonidan 10 yil davomida jazoni koloniyada o‘tash so‘ralgan. Oxir-oqibat u qanday jazoga hukm qilingani aniq emas.

Navalniy unga “stalincha” hukm berilishini bilgandi

Avvalroq muxolifatchi Aleksey Navalniy unga uzoq muddatli qamoq jazosi tayinlanishi, bu Kreml rejimidan norozilarni qo‘rqitish uchun amalga oshirilayotganini aytgandi.

“Ozodlikdan mahrum qilish muddati uzoq — ‘stalincha’ bo‘ladi. Uni hisoblash formulasi oddiy: prokuror so‘ragan narsa, minus 10-15 foiz. Ular 20 yil so‘raydi, biroq 18 yoki shunga o‘xshash yil beriladi. Bu unchalik muhim emas, buning ketidan terrorizm ishi turibdi. Bu bo‘yicha yana 10 yil berilishi mumkin”, — degan u.

Shuningdek, muxolifatchi unga qamoq muddati berilgach, “Stalin davridagi kabi” nola qilmaslikni tavsiya qilgandi.

“Yaxshisi, o‘ylab ko‘ring, nega bunday katta muddat berilyapti? Buning asosiy maqsadi — qo‘rqitish. Meni emas, sizlarni”, — degan Navalniy sud hukmidan oldin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »