Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yulduzlar shunchaki omadi chopganidan mashhurlikka erishgan, deb o‘ylovchilar fikri quyidagi ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq.

Emma Uotson

Foto: Instagram

Germiona obrazi bilan yaxshi tanish Emma “Garri Potter” filmini suratga olish ishlari davom etayotgan bir vaqtda, AQSHning eng yaxshi universitetlaridan biri bo‘lgan Braun talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Aktrisa darslarda muntazam ishtirok etgan, kutubxonada shug‘ullangan va namunali talabalardan biri bo‘lgan. 2014-yilda Emma san’at va adabiyot sohasida bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan.

Natali Portman

Foto: AdMe

Natali o‘qish va aktrisalik faoliyatini bir vaqtda olib borgan yana bir san’at vakillaridan biri hisoblanadi. U Garvard universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. Aktrisa rolga kirishishida u olgan bilimlarning ahamiyati katta ekanini bir necha marta takrorlaydi. U ijrosidagi rollar esa, darhaqiqat, professionalligi bilan ajralib turadi. Buni “Qora oqqush” filmidagi ijrosi va u uchun berilgan “Oskar” mukofotidan ham bilish mumkin.

Bruk Shilds

Foto: Instagram

Bruk karyerasining eng gullab-yashnagan vaqtida Prinston universitetiga qabul qilingan. U yerda model fransuz adabiyotini o‘rgangan. O‘qishga kirishib ketgan Shilds faoliyatida biroz muddat tanaffus kuzatilgan bo‘lsa-da, bu uning karyerasiga xalaqit qilmagan.

Meril Strip

Foto: Instagram

Merilning fikricha, avvaliga universitetni tamomlash, keyin esa Gollivudni zabt etish kerak. Merilning o‘zi ham aynan shu formulaga amal qilgan: birinchi AQSH Yel universitetini tamomlab, keyin karyerasini boshlagan. Ayni damda aktrisa san’at sohasida fan doktori hisoblanadi.

Jeyms Franko

Foto: Instagram

Jeyms nafaqat mahoratli aktyor, balki gumanitar fanlar bo‘yicha bir necha diplom sohibi hamdir. U eng nufuzli — Kaliforniya, Kolumbiya va Nyu-York universitetlarini tamomlagan. Ayni vaqtda Franko talabalarga kino haqida ma’ruza o‘qiydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »