Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi bog‘chalarning birida qizaloq karavotdan yiqilib, shifoxonaga olib ketildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bolani urib, jag‘ va lab qismini yirtib yuborishgani haqida xabarlar tarqalgan. Tarbiyachining so‘zlariga ko‘ra, qizaloq kaltaklanmagan, karavotdan o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tushgan. 

“Karavotdan yiqilib ketdi. Tarmoqlarda tarqalgan narsa yolg‘on. Tepadan iloji boricha o‘zimiz tushirishga harakat qilyapmiz”, — deydi tarbiyachi. 

Shuningdek, qizning buvisi ham bog‘chaga e’tirozi yo‘qligini, nabirasi o‘zi yiqilib tushganini aytdi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham qizaloq behosdan yiqilganini bildirgan. Uning yiqilishi oqibatida iyak va lab qismi jarohatlangan. Tarbiyachi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. 

O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, qizaloqning ahvoli hozirda yaxshi. Ota-onasining ham e’tirozi yo‘q. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 3-sonli oilaviy MTTga ogohlantirish xati yuborildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »