Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik oligarx Alisher Usmonov Corriere Della Serra nashriga bergan intervyusida Ukrainadagi urush uning biznesiga qanday ta’sir qilgani, Kremlning oligarxlarga “bosimi”, Sardiniyadagi muzlatilgan mulki haqida gapirdi. “Daryo” intervyuning tarjimasini quyida taqdim etadi.

Foto: Bloomberg

Alisher Usmonov, Ukrainadagi urush sababli joriy qilingan sanksiyalar sizga qanchaga tushdi?

“Men biznesimni 10 yil oldin tark etdim va yo‘qotishlar narxini hisoblash qiyin. Ular nafaqat menga, balki oila a’zolarimga, men aksiyador bo‘lgan kompaniyalar, ularning xodimlari, xayriya va rivojlanish loyihalarimdan yordam olgan o‘n minglab odamlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida kasallar, muhtojlar, san’atkorlar ham bor. Boshqa tomondan esa obro‘-e‘tiborimga yetkazilgan zarar juda katta”.

Rossiya elitasiga qarshi choralar prezident Putinga bosim o‘tkazishga xizmat qilmoqda. Bu iqtisodiy jang Ukrainada kechayotgan real jangdan yaxshiroq emasmi?

“Odamlar cho‘ntagidagi puli yoki pasporti uchun tamg‘alanganda, biz tarixdan qanday oqibatlar bo‘lishini bilamiz. Agar jamoaviy javobgarlik to‘g‘ri bo‘lsa, adolat o‘lik hisoblanadi”.

Biroq Putin o‘zini faqat soliqlaringiz bilan moliyalashtirsa-chi ...

“Xo‘sh, nega Rossiyada ishlash uchun qolgan G‘arb kompaniyalariga ham sanksiya qo‘llanilmaydi? Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, ular o‘tgan yili 3 milliard dollar soliq to‘lagan”.

Aslida Zelenskiy ularga ham sanksiya qo‘llanilishini xohlaydi.

“Rossiyada kompaniyalarga ega bo‘lganlar nima qilishi kerak, soliq to‘lashdan qochsinmi? Menimcha, bu choralar harbiy harakatlarni to‘xtatayotgandek tuyulmaydi”.

Siz Putinning do‘stimisiz yoki yo‘qmi? Kreml oligarxlarga ishonib topshirayotgan “maxsus vazifalar”ni siz ham olasizmi?

Foto: “TASS”

“G‘arb jurnalistlari va siyosatchilari Rossiyani tadbirkorlar Kreml buyrug‘i ortidan yuruvchi davlat deb hisoblashni yaxshi ko‘radi. Lekin bu yanglish tushuncha. Haqiqatan ham shunday deb o‘ylagan kishi Rossiya haqida hech narsani tushunmaydi.

Oligarx yorlig‘iga kelsak... Men hech qachon xususiylashtirishda qatnashmaganman, davlatdan shubhali yordam olmaganman, doim bozor bahosida, shaffoflikda ishlaganman. Putinga kelsak, ha, u meni muvaffaqiyatlarim uchun bir necha bor mukofotlagan, lekin buni hatto xorijliklar ham shunday maqom uchun kurashgan yillarda qilgan. To‘satdan muvaffaqiyatga erishish jinoyatga aylandimi?

Ukrainani bosib olish to‘g‘rimi?

“Men siyosatdan uzoqdaman, odamlarni bo‘lish o‘rniga ularni birlashtira oladigan sohalarni afzal ko‘raman: sport, biznes, xayriya. Men Ukrainadagi harbiy harakatlar qurbonlarining barchasiga yaqinman, umid qilamanki, bu fojiali konflikt tez orada tugaydi va diplomatiya nihoyat o‘z rolini o‘ynaydi. Biz tezlikda yo‘qolgan o‘zaro ishonchni tiklashimiz kerak. Yevropaliklar ham bundan istisno emas”

Sardiniyada muzlatilgan mulkingiz bor. Sizningcha, bu nima bilan tugaydi?

Foto: Alisher Usmonovning Sardiniyadagi villasi

“Italiyaning menga qarshi sanksiyalar qo‘llagani meni xafa qildi, do‘stlar o‘zini bunday tutmaydi. Lekin men siyosat siyosat ekanini tushunaman. Italiyaga bo‘lgan muhabbatimni, bolaligimda kuylagan qo‘shiqlarimni, futbolchilarni unutmayman, hatto italiyaliklardek qilichbozlik qilishni orzu qilardim.

Bu qanday tugaydi? Qonun siyosiy manfaatlar ustidan g‘alaba qozonadi, deb ishonaman. Qanday bo‘lmasin, aytmoqchimanki, bitta villadan tashqari, Sardiniyadagi barcha mulklar endi menga emas, balki yillar oldin oila a’zolarim foydasiga yaratgan trestlarga tegishli. Katta islomiy oilaning boshlig‘i sifatida shunday qilish mening burchim edi”.

Siz avtonomiyani propagandadan ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan Rossiyaning moliyaviy “Kommersant” gazetasi xo‘jayinisiz. U qanday faoliyat olib bormoqda?

Illyustrativ foto: The Moscow Times
“Uni sotib olganimda, men uchun u shunchaki vitrina edi. Asosan uni o‘qiganman va shunday qolaman. Aksiyador sifatida bosimni sezmayman va tahririyat ishiga aralashmayman”.

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining rossiyalik sportchilarni musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berish qarori ortida ukrainalik qilichboz Olga Xarlan turgani aytiladi.

Bir necha kun oldin Milanda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi voqea haqida nima deb o‘ylaysiz: ukrainalik qilichboz rossiyalik bilan salomlashmadi va diskvalifikatsiya qilindi, keyin esa yana o‘yinga kiritildi?

“Men o‘zimni prezident sifatida sanksiyalar qo‘llashdan ixtiyoriy chetlashtirdim va endi federatsiya bilan ish munosabatlarim yo‘q. Kim menga tuhmat qilsa, sudga tortilishi mumkin. Lekin umid qilamanki, ertami kechmi, bu sport turining ommaviyligini oshirishdagi hissam e’tirof etiladi. Albatta, Rossiya fuqarolariga, men kabi o‘zbeklarga nisbatan munosabat shu qadar yomonligi meni xafa qiladiki, federatsiya xizmatini qachon qayta boshlashimni bilmayman”, — deya xulosa qildi Usmonov.

Usmonov 2022-yil fevralidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolmoqda, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiya ham unga qarshi sanksiyalar joriy etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »