Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni yana 8 ta davlatga elektron viza berish xizmatini taqdim etdi. Bu haqda Saudiya turizm vazirligi xabar berdi.

Bungacha Saudiya Arabistoniga kirishda 49 ta davlat fuqarolari elektron viza tartibidan foydalana olar edi. Endilikda ular qatoriga Albaniya, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, Janubiy Afrika, Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shildi.

Foto: Facebook / Saudiya Arabistoni turizm vazirligi

O‘zbekistonliklar 146 dollar evaziga Qirollik turizm vazirligining maxsus portali orqali onlayn viza olishi mumkin.

Ushbu viza bilan yil davomida Umra hamda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish mumkin bo‘lib, amal qilish muddati 90 kunni tashkil qiladi.

Elektron viza Haj qilish, Saudiya Arabistonida yashash, ishlash huquqini bermaydi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »