Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari sotuvini eʼlon qilgach, shartnomalar bir kunda tamom bo‘lgan. Ammo ayrim “tadbirkorlar” o‘zi uchun olgan shartnomalarga ustama qo‘yib, OLX sayti orqali pullamoqda.

UzAuto Motors 8 oylik tanaffusdan so‘ng, 4-avgust kuni Cobalt, Lacetti, Damas, Labo avtomobillari uchun shartnoma berish boshlanganini eʼlon qilgandi. Shundan keyin Uzavtosavdo onlayn platformasida nosozliklar kuzatila boshladi. 5-avgust kuni tongdan avtosalonlarda katta navbatlar va tiqilinch yuzaga keldi. Kompaniya bergan xabarda 4—5-avgust kunlari 50 mingtadan ortiq avtomobilga shartnoma tuzilgan.

Foto: Yandex

Yana bir qiziq xabar shuki, yuqoridagi avtomobillar uchun olgan shartnomasini OLX sayti orqali sotayotgan “tadbirkorlar” paydo bo‘ldi. Saytni kuzatsangiz, “shartnoma sotaman”, degan yuzlab shunday takliflar borligi ko‘rinadi. Shartnoma egalari uni olib berganlari uchun xizmat haqi sifatida mashina to‘lovidan tashqari, 250 dollardan 2000 dollargacha so‘ramoqda. 

Skrinshot: OLX

“Daryo” muxbiri sayt orqali Cobalt uchun shartnoma sotuvini eʼlon qilgan fuqarolardan biri bilan suhbatlashdi. U shartnomani berish evaziga 25 million so‘m ustama so‘radi. Biroz savdolashgach, “mayli, sizga oxirgi narxi 1500 dollar”, dedi u.

Skrinshot: OLX

“Mashina kelasi yil fevralda, mening nomimga chiqadi. Avtomobilni olganimizdan keyin notariusdan nomingizga o‘tkazib olaverasiz. Shartnoma narxining 1500 dollardan kami yo‘q. Cobalt narxi 134 million 711 ming so‘m. Juma kunigacha shundan 50 foizini to‘lash kerak. Mashina pulini kassaga to‘laysiz. Agar menga ishonmasangiz, notariusdan qarz shartnomasi tuzib qo‘yamiz. Yoki o‘zim to‘lov qilib, mashinani olib chiqaman. Lekin unda mashina qimmatga tushadi. Xarajatlarni o‘zim qilsam, avtomobil chiqqandan keyin narxini 14 ming dollar deyishim ham mumkin”, — dedi u.

Skrinshot: OLX

Shuningdek, “Daryo” muxbiri holat yuzasidan Uzavtosanoat vakili bilan ham bog‘landi. Manbaga ko‘ra, olingan shartnomani boshqa shaxs nomiga o‘tkazib bo‘lmaydi.

“Bu eng katta risk. Ertaga shartnomani olib bergan odam qochib ketsa, pul to‘laganlar nima qilishadi? Ikkinchidan, agar xaridor bir yil ichida bir xil avtomobil modeli uchun ikkitadan ortiq shartnomaga ega bo‘lsa, tovarni yakuniy yetkazib berish muddati ko‘rsatilgan yetkazib berish sanasidan boshlab qo‘shimcha 120 kungacha uzaytirilishi mumkin. Yaʼni o‘zining nomiga ikkitadan ko‘p shartnoma olganlar navbatning oxiriga tushib qoladi. Hozircha sotib olinadigan mashinalar soniga aniq cheklov o‘rnatilmagan. Aytaylik, 5 ta avtomobil xarid qilmoqchisiz, ulardan birinchisini vaqtida olasiz. Qolganlarini yetkazib berish muddati 120 kungacha uzayishi mumkin”, — dedi kompaniya vakili.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors Lacetti, Cobalt va Damas uchun shartnoma berishni 2022-yil dekabr oyi boshida to‘xtatgan edi. Oradan 8 oy o‘tib ochilgan kontraktatsiya bir sutka ichida yopildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »