Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari sotuvini eʼlon qilgach, shartnomalar bir kunda tamom bo‘ldi. Ammo ayrim “tadbirkorlar” o‘zi uchun olgan shartnomalarga ustama qo‘yib, OLX sayti orqali pullamoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi avtosalonlardan shartnoma olib, boshqa shaxsga maʼlum bir mablag‘ evaziga sotish holatini “sharʼan joiz emas” deb fatvo berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining bildirishicha, birinchidan, bu yerda bir qarashda shartnomaning o‘zi sotilayotganga o‘xshab ko‘ringani bilan, aslida shartnoma predmeti bo‘lgan mashina savdo moli bo‘lib, unga qilinadigan to‘lov shartnoma egasining nomidan amalga oshiriladi va mashina ham uning nomiga chiqadi. Yaʼni sotuvchi hali qo‘liga kirmagan mashinani ustiga foyda qo‘yib sotadi. Bu ish esa, sharʼan joiz emasdir.

“Ko‘char mol-mulklarni savdosi ularni qo‘lga kiritishdan oldin joiz emasdir. Zero, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam qo‘lga kiritilmagan narsaning savdosidan qaytarganlar. Chunki bu savdoda sotilgan narsa (xaridor qo‘liga yetib borishidan oldin) halok bo‘lishi, yaʼni unga talafot yetishi mumkinligi eʼtiboridan savdo kelishuvi buzilishi xavfi mavjud”, — deydi fuqarolar bu haqda.

Taʼkidlanishicha, mashinaga to‘lov qilayotgan shaxs shartnoma egasining nomidan to‘lov qilgani uchun mashina ham shartnoma egasining nomiga chiqadi. U notarial idora orqali xaridor nomiga o‘tkazib bermagunicha mulk ham uning ixtiyorida bo‘ladi va xaridor aldanib qolish ehtimoli mavjud. Bu esa shariatda man qilingan g‘arar — aldov ustiga qurilgan savdo hisoblanadi.

“Aksariyat holatlarda bu kabi shartnoma sotuvchilar bir nechta shartnomani qo‘lga kiritib, ularni sotishga harakat qiladi. Masalan, 134 million 294 ming so‘mlik avtomashina ustiga shartnomani olib bergani uchun 1200 dollar ustama qo‘yadi. Tabiiyki bu narsa avtoulov narxining oshishiga sabab bo‘ladi. Sunʼiy ravishda narxlarni oshirishdan Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qaytarganlar.

Shularni eʼtiborga olgan holda avtomashina sotib olish uchun tuzilgan shartnomani sotish sharʼan nojoizdir”, — deyiladi Fatvo markazi javobida.

“Daryo” holat yuzasidan UzAvtosanoat vakili bilan ham bog‘langandi. Manbaga ko‘ra, olingan shartnomani boshqa shaxs nomiga o‘tkazib bo‘lmaydi.

“Bu eng katta risk. Ertaga shartnomani olib bergan odam qochib ketsa, pul to‘laganlar nima qilishadi? Ikkinchidan, agar xaridor bir yil ichida bir xil avtomobil modeli uchun ikkitadan ortiq shartnomaga ega bo‘lsa, tovarni yakuniy yetkazib berish muddati ko‘rsatilgan yetkazib berish sanasidan boshlab qo‘shimcha 120 kungacha uzaytirilishi mumkin. Yaʼni o‘zining nomiga ikkitadan ko‘p shartnoma olganlar navbatning oxiriga tushib qoladi. Hozircha sotib olinadigan mashinalar soniga aniq cheklov o‘rnatilmagan. Aytaylik, 5 ta avtomobil xarid qilmoqchisiz, ulardan birinchisini vaqtida olasiz. Qolganlarini yetkazib berish muddati 120 kungacha uzayishi mumkin”, — dedi kompaniya vakili.

Izoh

Saidmurodov Sobit

10.08.2023, 16:07

Assalomu alaykum shu idora loaaqal bir marta aytsin qani bojxonani yopib olib xitoydan kelgan malibuni ustiga 10000$ qoʻyib sotishga shariatimiz nima degan ekan. Yoki shariat ham faqat biz qora xalq uchun ishlaydimi sudlarga oʻxshab

Sizning izohingiz moderatsiyadan keyin ko‘rinadi

RQ2022

09.08.2023, 21:11

Iltimos tan narxi 10000AQSH dollari boʻlgan mashinaga ikki barobar narx qoʻyib, kamiga yillab kuttirib mashina berish joizmi. Fatvo markazi shunga ham fikr bildirsin koʻrelik.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »