Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriya prezidenti Bashar Asad Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uning shartlari asosida uchrashmasligini aytdi. Asad “Turkiya tomonidan Suriyaning shimoliy hududlari okkupatsiya qilinganini” tan olish niyatida emasligini ta’kidladi.

“Erdo‘g‘on bilan uchrashuv Anqara belgilagan shartlar asosida o‘tmaydi. Hozirgi vaziyatda u bilan muzokaraga kirishish Turkiya tomonidan Suriyaning shimoliy hududlari okkupatsiya qilinganini tan olishga teng bo‘ladi”, — deb o‘z qarorini tushuntirdi Asad Sky News Arabia telekanaliga bergan intervyusida.
Foto: Sky News Arabia 

Suriya prezidenti mart oyida turk qo‘shinlari mamlakatni tark etganidan keyingina Erdo‘g‘on bilan uchrashishini aytgan edi. Uning fikricha, bunday muzokaralar Suriyadagi harbiy mojaroga chek qo‘yishi kerak.

May oyida Moskvada Rossiya, Turkiya, Suriya va Eron tashqi ishlari vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Turkiya va Suriya munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »