Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning Marand shahrida bir ayolni guruh bo‘lib zo‘rlagan besh erkak qatl qilindi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Al-Arabia

Mamlakat Oliy sudi tomonidan e’lon qilingan tegishli hukm 9-avgust kuni amalga oshirilgan. Sud 2022-yili bir ayol o‘g‘irlab ketilganidan keyin besh erkak tomonidan guruhli ravishda zo‘rlanganini ma’lum qildi.

Hibsga olingan shaxslar so‘roq paytida o‘z jinoyatlariga iqror bo‘lgan. Natijada ular o‘lim jazosiga hukm qilingan va bu Eron Oliy sudi tomonidan ma’qullangach, amalga oshirilgan.

Inson huquqlari tashkilotlarining munosabatiga qaramay, Eron jinoyatchilarni qatl etishda davom etmoqda.

Eronda qatllarning davom etishidan xavotir bildirgan Amnesty International tashkiloti mamlakatda 5 oy ichida birgina giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun 173 kishi qatl etilganini bildirdi.

Eronda 2022-yil kamida 582 kishi qatl etilgan. Bu 2015-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Barcha qatlning 88 foizdan ortig‘i rasmiylar tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Izoh

Мўсинжон Матмусаев

09.08.2023, 22:01

Эрон Олий суди томонидан жудаям тўғри қарор қабул қилинган.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »