Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Daryo”ga Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi 53-sonli umumtaʼlim maktabi taʼmiri o‘qituvchilar hamda mahalla ahli tomonidan amalga oshirilayotgani, maktab taʼmiri uchun ajratilgan mablag‘ masʼullar tomonidan “yeb ketilayotgani” aytilgan xabar kelib tushdi. 

Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbiri voqea joyiga yetib borganida, maktabda haqiqatan ham taʼmirlash ishlari ketayotgani maʼlum bo‘ldi. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotganlarga ko‘ra, ular qurilish firmasi ishchilari.

Foto: “Daryo”

Maktab direktori Umar Hayitovning aytishicha, maktab binosining taʼmiri uchun maktab o‘qituvchilari va aholidan hech qanday mablag‘ yig‘ilmagan. Taʼmirlash ishlari davlat mablag‘lari asosida amalga oshirilmoqda.

Umar Hayitov.
Foto: “Daryo”
Bugungi kunda davlat rahbari taʼlimga juda katta eʼtibor qaratmoqda. Shu bois tuman hokimi tashabbusi bilan bizning maktabimizda ham qurilish-taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Biz ham qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan mana shu tashabbusga hamohang tarzda eski paxsa devorini buzib, o‘rniga panjara o‘rnatishga qaror qildik. Tashabbusimiz mahalla aholisi hamda shu dargohni tugatgan sobiq o‘quvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Lekin hech kim majburlanmagan. O‘zimiz tashabbus qildik va ishlarni o‘zimiz amalga oshiryapmiz, — deydi maktab direktori Umar Hayitov.
Foto: “Daryo”

Mazkur murojaat yuzasidan mahalla ahli bilan ham suhbatlashdik.

Eshmurod Orolov.
Foto: “Daryo”
Oldin bu bino bolalar bog‘chasi edi. So‘ngra maktabga aylantirildi. U davrlarda maktablarga uncha eʼtibor berilmas edi. 33 yildan beri joriy taʼmirlanmagan maktab taʼmiri uchun hokim mablag‘ ajratishini eshitib, bu gaplardan to‘lqinlanib, tashabbus qilishga qaror qildik. Maktab hovlisi eski paxsa devor bilan o‘ralgan edi. Ana shu devorni buzib, hashar yo‘li bilan qayta qurishni mahalladagilar to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Kimdir shu savobli ishga qo‘lim tegsin deb qurilishga yordam bersa, kimdir quruvchilarga tushlik olib keldi, — deydi biz bilan suhbatda bo‘lgan mahalla nuroniysi Eshmurod Orolov.
Salohiddin Bo‘riyev.
Foto: “Daryo”

Ko‘kdala tuman hokimligi axborot xizmati rahbarining maʼlumot berishicha, 53-maktab taʼmiri uchun 569 million so‘m pul mablag‘ ajratilgan.

Foto: “Daryo”
Qurilish ishlari “Farsher yangi qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. 2023-yilda tumandagi maktablar taʼmiri uchun jami 840 million so‘m pul mablag‘i ajratilgan, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari.
Foto: “Daryo”

Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining qurilish masalalari bo‘yicha masʼuli Allamurod Boyto‘rayevning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida joriy yil viloyatdagi maktablarning 39 tasini mukammal taʼmirlash uchun respublika budjetidan 125 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, 25 ta maktabni taʼmirlash uchun yana qo‘shimcha tarzda vazirlik tashabbusi bilan yana 67 milliard 700 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. “Tashabbusli budjet” bo‘yicha taʼmirlanayotgan 62 maktab uchun yana 63 milliard 800 million so‘m mablag‘ berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »