Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHda Kongressga murojaat qilmasdan turib, Presidential Drawdown Authority (PDA) prezident dasturi doirasida Ukrainaga yordam berish uchun 6 milliard dollar qolgan, dedi Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx brifingda.

Foto: AP Photo
“PDA mablag‘lariga kelsak, bizda pul tanqisligi yo‘q. Yil boshida amalga oshirilgan qayta baholashdan olingan mablag‘ bor hali. Esingizda bo‘lsa, bu taxminan 6 milliard dollarni tashkil etadi. Bu katta miqdor va biz Ukrainani jang maydonida zarur bo‘lgan narsalar bilan ta’minlashda davom etishimizga ishonchim komil ”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Pentagondan Ukrainaga berilgan harbiy mulkni qayta baholash jarayonida iqtisod qilingan pullar haqida ketmoqda. Singx ma’muriyatda bundan ortiq pul bor-yo‘qligini aytmadi.

PDA’dan tashqari, Vashington Kiyevni Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (USAI) orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Unda qancha pul borligini so‘rashganida, Singx bu ma’lumotlarni “tekshirish” kerakligini aytdi.

AQSHning Ukrainaga so‘nggi yordam paketi iyul oyi oxirida ajratilgan edi, uning miqdori 400 million dollarni tashkil qilgan.

Avvalroq The Washington Post nashri Ukraina Ikkinchi jahon urushidan buyon AQSHdan eng ko‘p yordam olgan davlatga aylangani haqida xabar bergandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin Vashington Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun 66 milliard dollardan ortiq mablag‘ yubordi. Shundan 43 milliardi harbiy yordamga, 20,5 milliardi iqtisodiy yordamga va 2,6 milliardi gumanitar yordamga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »