Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shahzoda Garri va Megan Markl munosabatlari haqida hikoya qiladigan kitobni sahnalashtirish huquqini sotib oldi, bu juftlikning Spotify bilan shartnomasini yo‘qotganidan keyin tuzgan birinchi yirik bitimi bo‘ldi.

Foto: “Yandeks.ru”

Shahzoda Garri va Megan Markl Karli Fortunning “Meni ko‘l bo‘yida kut” romanining huquqlarni sotib oldi va juftlik ushbu roman asosida Netflix uchun film suratga olishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu huquqni sotib olish qiymati taxminan to‘rt million dollarni tashkil qilgan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, bir hafta ichida 37 ming nusxasi sotilgan roman sujetida Sasseks gersoglarining tarjimayi holi bilan ko‘plab o‘xshashliklar mavjud. Juftlik o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar 30 yoshga to‘lganlarida boshlanadi. Qahramonlardan biri ota-onasining avtohalokatga uchraganidan keyin qattiq ruhiy jarohat oladi. Bu voqea esa malika Diananing ayanchli taqdirini yodga soladi. Shuningdek, asarda spirtli ichimliklar va giyohvandlik haqida ham so‘z boradi va Garri avvalroq o‘z xotiralarida giyohvand moddalar iste’mol qilganini tan olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Megan Garri bilan uchrashishni boshlaganida yashagan Kanadaning Toronto shahri yaqinida bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »