“Tolibon” omma oldida ayol va erkakni qamchiladi
Afg‘onistonning G‘ur viloyatida “Tolibon” rasmiylari omma oldida erkak va ayolni qamchiladi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchilar nikohdan tashqari aloqalarda ayblangan. Shu sababli “Tolibon” ularni ochiq stadionda qamchilagan.
Ayol va erkak 39 darra urilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, erkak bir oyga, ayol esa 9 oyga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Afg‘onistonda shariat qonunlari asosida jazo qo‘llanadi
“Tolibon” yetakchisi Haybatulla Oxunzoda 2022-yil sudyalarga islom qonunlarining omma oldida qatl qilish, toshbo‘ron qilish, kaltaklash va o‘g‘rilarni oyoq-qo‘llarini kesish kabi jihatlarini to‘liq tatbiq etishni buyurgandi.
Mazkur buyruqdan so‘ng “Tolibon” rasmiylari unga amal qilishni kuchaytirdi. Jumladan:
14-dekabr kuni “Tolibon” 20 kishini zino, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlarda ayblab, jamoat oldida qamchiladi. Unda har bir erkak 35 dan 39 martagacha kaltaklangan. Jazolanganlarning aksariyati qilgan jinoyatlariga ko‘ra qamoq jazosiga hukm qilingan.
20-dekabrda “Tolibon” harakati Afg‘onistonning ikki viloyatida 30 kishini, jumladan, ayollarni qamchilagan. Ular o‘g‘rilik, zino va giyohvand moddalar savdosida ayblanib, 25 dan 39 darragacha urilgan.
S M
Zino uchun 39 darra urilmaydi. Manimcha, bu yerda zinoga yetib bormagan xatti harakatlar qilishgan. Zinoga jazo boshqacharoq