Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, Ukraina tomoni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonmaydi va shuning uchun uning ishtirokidagi muzokaralarga rozi bo‘lmaydi. Muqobil variant sifatida Kuleba Rossiya—Ukraina mojarosini tugatish bo‘yicha muzokaralarda uchinchi tomon ishtirok etishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Dmitriy Kuleba Corriyere della Sera nashriga bergan intervyusida Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralarda hamkormi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berar ekan, “Yo‘q. Putin bizning hamkorimiz emas. Ishni bilvosita olib borishning boshqa diplomatik usullari ham bor. Ammo biz Putin va Zelenskiyni hech qachon bir stolda ko‘ra olmasligimiz aniq”, — dedi ukrainalik vazir.

Foto: Google Images 

Kulebaning qayd etishicha, Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga tayyor, lekin Vladimir Putin bilan emas. Shuningdek, muzokara o‘tkazishning asosiy sharti rus qo‘shinlari Kiyev o‘ziniki deb hisoblagan hududlardan olib chiqib ketilishi shart.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar 2022-yilning may oyida to‘xtab qolgan edi.

O‘sha yilning oktabr oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy toki Vladimir Putin prezident ekan, Rossiya rahbari bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini istisno qiluvchi farmonni imzoladi. 2023-yilning may oyida esa Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari Ukrainadan olib chiqilmaguncha muzokaralar boshlanmasligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »