Dunyodagi eng boy inson qanday yashaydi: Ilon Maskning biografi uning kichkina uyi suratini taqdim etdi (foto)
Ilon Maskning tarjimayi holi haqida kitob yozgan Uolter Ayzekson dunyodagi eng boy insonning yashash joyi haqida gapirib berdi. Yozuvchi u yerga Mask haqida kitob yozayotganda tashrif buyurgan.
“Mask o‘zining beshta hashamatli uyini sotishga va o‘zining asosiy qarorgohini biz tashrif buyurgan Texas shtatining Boka Chika shahrida joylashgan ikki xonali spartancha uslubda qurilgan uyini yotoqxonaga aylantirishga qaror qildi. U mana shu yog‘och stolda o‘tirib, telefonda gaplashardi”, — deb yozgan Ayzekson o‘z postiga surat qo‘shib.
Suratda oddiy ochiq oshxona va Mask yotoqxonasining bir qismi ko‘rsatilgan. Kreslolardan birida kurtka osilgan, yog‘och kofe stolida esa raketa va katananing haykalini ko‘rish mumkin.
Ayzeksonning aytishicha, u nima uchun Mask xodimlarini qisqartirishga qaror qilganini 12-sentabr kuni do‘konlarda sotuvga chiqadigan “Ilon Mask” nomli yangi kitobida tushuntirib bergan.
Mask birinchi marta 2021-yilning iyun oyida Boka Chikadagi uyini ko‘rsatgan. Uy modulli uylarni yaratuvchi Boxabl startapi tomonidan qurilgan. Bunday uylarni har qanday joyga o‘rnatish uchun tashish mumkin, shu bilan birga unga kommunikatsiyalarni o‘rnatish va ulash bir necha soat davom etadi.