Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida qarshi hujum sekin, ammo barqaror davom etayotganini ma’lum qildi.

Qarshi hujumdagi eng katta muammo sifatida u ruslar o‘tgan yil davomida qurgan mustahkam mudofaa pozitsiyalarini ko‘rsatib o‘tgan.

Foto: EADaily

“Jangchilarimiz uchun oldinga borish oson emas. Lekin oxir-oqibat biz buni uddalaymiz. Men Italiyada Ikkinchi jahon urushi paytida Monte-Kassino jangini eslayman. Dastlab Germaniyaning dahshatli pozitsiyalari ittifoqchilar yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi. Ammo to‘rt oy o‘tib, ular nemislarni mag‘lub qilib, muvaffaqiyatga erishdilar”, — dedi u.

Kulebaning qayd etishicha, Ukraina qo‘shinlari ham xuddi shunday vaziyatda.

“Ishonchim komilki, biz albatta g‘alaba qozonamiz”, — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »