Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda suvni 99,999 foizga tozalay oladigan innovatsion butilka mavzusi faol muhokama qilinmoqda. Sayohat uchun kerakli bo‘lgan shisha idish Norvegiyaning Vitaloop startapi tomonidan yaratilgan va ishlab chiqarilgan.

Foto: Europa Plus

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bunday gadjet yordamida har qanday: ko‘lmak, favvoradan oqadigan yoki daryo suvini yaroqli holatga keltirishingiz mumkin. Buning barchasi noyob filtrga bog‘liq, u suyuqlikdagi barcha ifloslantiruvchi moddalarni deyarli 100 foiz tozalay oladi. Idish 1 litr suvni sig‘dira oladi.

Foto: Europa Plus

Filtrlash tizimi qanday ishlaydi?

Birinchi bosqichda suv to‘rdan o‘tadi, bu suvdagi iflos moddalarni yo‘q qiladi. So‘ngra suyuqlik bakteriyalarni olib tashlovchi kichikroq tarmoqqa kiradi. Galogen tozalovchi o‘z ishini bajaradi, u viruslarni o‘ldiradi.

Foto: Europa Plus

Ko‘mir filtri suvni kimyoviy moddalardan, metallardan tozalaydi, uning ta’mini yaxshilaydi. Shundan keyin grafen filtri suvga kiruvchi bakteriyalarni va mikroplastmassalarni olib tashlaydi.

Foto: Europa Plus

Barcha chiqindilar alohida bo‘linmaga yig‘iladi. Gadjetni ishlab chiqaruvchilar suv filtrlangandan so‘ng, qurilmani va filtrni yuvishni maslahat beradi.

Eng qizig‘i shundaki, bir qarashda murakkab bo‘lgan suvni tozalash jarayoni atigi 45 soniyani oladi.

Foto: Europa Plus

“Aqlli butilka” USB-C orqali zaryadlanadi, biroq uni tez-tez emas, bir necha haftada bir marta quvvatlantirishingiz mumkin. Har bir o‘rnatilgan filtr 200 litrgacha suvni tozalashi va 300 ta plastik butilkalarni almashtirishi mumkin, bu esa tabiat uchun foydali. Butilkaning narxi 160 dollar, qo‘shimcha filtr esa 35 dollar turadi.

Foto: Europa Plus

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »