Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonlik fuqarolar Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unga ko‘ra, Toshkentdan Yaponiyagacha va yashash joyidan ish joyigacha xarajatlar ish beruvchi hisobidan. Oylik maosh: 235 000 JPY (1625 dollar). Bir oy tayyorlov-moslashtirish davrida oylik maosh 145 ming yena (1000 dollar). Ish vaqti: haftasiga 40 soat, qo‘shimcha ish soati uchun alohida to‘lanadi. 

Nomzodlar uchun talablar:

  • yapon tilini N5-N4 darajada bilish;
  • 18 yoshdan 30 yoshgacha;
  • maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
  • 3 yildan 5 yilgacha ishlash.

Ish beruvchi nomzodlarni og‘zaki suhbat asosida tanlab oladi:

  • 1-suhbat: 4—8-sentabr kunlari agentlikning hududiy filiallarida onlayn tarzda o‘tkaziladi;
  • 2-suhbat: 1-suhbatdan o‘tganlar Toshkent shahriga kelib, og‘zaki suhbatdan o‘tadi (suhbat sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi).

Ro‘yxatdan o‘tish (11—15-avgust soat 18:00 gacha). Suhbatdan o‘tganlar Toshkentda 3-4 oylik tayyorgarlik kurslariga (bepul) qatnashishi shart. Toshkentda yashash xarajatlari nomzodlar hisobidan qoplanadi.

Mavzuga doir
Izoh

Avocad1sh♡T_T

14.08.2023, 17:19

Qanaqa ish qilishadi to'liq ma'lumot bering

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »