Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha chegara xizmati bir guruh noqonuniy migrantlarning Belarusdan mamlakatga kirib kelishining oldini olish uchun suv purkagichlardan foydalandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“11-avgust kuni 106 kishi Belarusdan Polshaga noqonuniy ravishda kirishga uringan. Ularning aksariyati Kongo va Eritreya fuqarolaridan iborat. Dubiche-Tserkevnada 40 ga yaqin tajovuzkor xorijliklardan iborat katta guruh chegarani kesib o‘tdi. Bir kishida pichoq bo‘lgan, qolganlar chegarachilarga toshlar uloqtirgan. Voqea joyiga ‘Tayfun’ suv purkagichli avtomobillari jo‘natildi”, — deb xabar berdi Polsha chegara xizmati.
Foto: Reuters

Polsha “Vagner” yollanma askarlarining Belarusga ko‘chib kelishi va Belarusning ikkita harbiy vertolyoti Polsha havo hududini buzishi sababli chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi. Bundan tashqari, Belarusdan noqonuniy migrantlar oqimi ham vaziyatni nazoratga olishni talab qildi.

10-avgust kuni Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak Belarus bilan chegara o‘n ming askar bilan mustahkamlanishi haqida xabar bergandi.

“10 mingga yaqin askar bo‘ladi — 4 ming nafar harbiy xizmatchi chegarani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyada bevosita ishtirok etadi, 6 ming nafari esa zaxiradan”, — deya tushuntirish bergan Mudofaa vazirligi rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »