Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev mamlakat qurilish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident o‘z tabrigida quruvchilarni kasb bayramingiz bilan chin qalbdan tabriklab, ularning barchangizga samimiy hurmat va ezgu tilaklarini bildirdi. Davlat rahbari xalq manfaatini o‘ylab mustahkam va ko‘rkam imoratlar qurish, ravon yo‘l va ko‘priklar bunyod etish dunyodagi eng savobli va xayrli ishlardan biri deb atadi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yetti yil davomida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi bir necha barobar ortib, 2016-yildagi 30 trillion so‘m o‘rniga 2022-yilda 131 trillion so‘mga, 2023-yilning birinchi yarmida esa 68 trillion so‘mga yetdi. 

Bu, prezident tabrigida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bunyodkorlari qisqa davrda qanday katta yo‘lni bosib o‘tganidan dalolat beradi.

“Bugungi kunda mamlakatimiz qurilish sohasida ham yangi davr boshlandi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Avvalo, sohaning huquqiy va moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, respublikamizning barcha hududlarida ilg‘or texnologiya va yondashuvlar asosida faoliyat yuritadigan yangi-yangi qurilish tashkilotlari paydo bo‘layotgani, qurilish materiallari industriyasi yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani, malakali yetuk kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani shunday deb aytishga asos beradi”, — deyiladi tabrikda.

Qayd etilishicha, qurilish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qurilish jarayonlarining barcha bosqichlarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, sifat va samaradorlikni oshirish, zahmatkash quruvchilarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish masalalari bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘lib qoladi.

Siz, azizlarni, mamlakatimiz qurilish sohasini taraqqiy ettirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman. Sizlarga mustahkam sog‘lik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda yangi-yangi yutuqlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Jonajon O‘zbekistonimiz, shahar va qishloqlarimizning obodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan mehnatlaringizning rohatini ko‘ring! Qo‘lingiz aslo dard ko‘rmasin, aziz do‘stlar!”, — deyiladi prezident tabrikida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »