Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron janubidagi Sheroz shahrida noma’lum shaxs Shoh Cherax maqbarasiga bostirib kirib, o‘t ochdi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Foto: Central Asia

13-avgust kuni hujumchi maqbaraga binoning janubiy darvozasi orqali kirdi va otishma boshladi, deydi rasmiylar. Bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi.

Otishma sodir etgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi. Uning qo‘lida avtomat va 240 ta o‘q solingan sakkizta o‘qdon bo‘lgan.

Fars viloyatida joylashgan va shia mazhabidagilar uchun eng muhim ziyoratgohlardan biri Shoh Cherax 2022-yil 26-oktabr kuni ham xuddi shunday hujumga uchragan edi. O‘shanda qurol ko‘targan odam ziyoratchilar va maqbara xodimlarini o‘qqa tutgan — 13 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi yaralangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »