Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiyada hayvonlar huquqlarini mamlakat konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yish taklif qilinmoqda.

Mazkur tashabbusni 50 mingdan ortiq fuqaro qo‘llab chiqdi. Endilikda hujjat mamlakat parlamentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Tashabbusning maqsadi hayvonlarni aqlli mavjudotlar va asosiy huquqlarning egalari sifatida tan olinishini ta’minlashdir.

Foto: Google Images 

Faollar mamlakatning asosiy qonunida yangi bo‘lim yaratish, unga hayvonlarni muhofaza qilish, yovvoyi va inson nazoratida yashovchi hayvonlar huquqlarini himoya qilishga doir moddalarni kiritishni taklif qilmoqda.

Fuqarolik tashabbuslari tizimi Finlyandiyada 2012-yildan beri mavjud. 11 yil davomida qonun chiqaruvchi organga 67 ta tashabbus kiritilib, kerakli miqdordagi imzo to‘plangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya hukumati hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Hujjatda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish yoki o‘ldirish uchun 200 ming yevrogacha jarima va qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »