Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Jan Reno — 45 yildan buyon o‘zining ijrolari bilan tomoshabinlarning e’tirofidan tushmayotgan taniqli fransuz aktyori. Jan bolaligidan aktyorlik sohasiga qiziqdi va uning iste’dodi aktyor o‘z faoliyatini boshlagan yoshlar teatrida kashf etildi. Mashhur aktyorlar ishtirokidagi loyihalarning deyarli barchasi muvaffaqiyatli chiqqan. Aktyor uch marta “Sezar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Agar siz aktyorni faqat Yevropada mashhur deb hisoblasangiz, juda yanglishasiz. Jan Renoning muxlislari butun dunyo bo‘ylab topiladi. Jan Fransiyaning haqiqiy ramziga aylandi va tomoshabinlar u ishtirok etgan filmlarni qayta-qayta tomosha qilishni yaxshi ko‘radi.

“Metro” — 1985-yil

Foto: Grazia

Tanqidchilarning fikricha, “Metro” Lyuk Bessonning eng yaxshi filmlaridan biri. Bosh qahramon Fred — har qanday seyflarni buza oladigan mohir o‘g‘ri. Kunlardan bir kuni uning qo‘liga muhim hujjatlar tushadi va u bu ularni pulga almashtirish uchun ajoyib imkoniyat deb qaror qiladi. Biroq, qahramon yo‘lda unga kim qarshi chiqishini bilmas edi. Fred turli insonlar yashaydigan joyga yashirinishi kerak bo‘ladi. Aynan ular qochqinning qochishiga yordam beradi. Jan Reno bu filmda kichik rolni ijro etgan, biroq u ushbu obrazi uchun “Sezar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

“Moviy chuqurlik” — 1988-yil

Foto: Grazia

Film yunon orollaridan birida voyaga yetib, suv ostiga hech qanday vositalarsiz mohirlik bilan sho‘ng‘iy oladigan ikki do‘stlar Enzo Molinari va Jak Mayol haqida hikoya qiladi. Kunlardan bir kun katta insonlarga aylangan sobiq do‘stlar fridayving musobaqalarida (suv ostiga hech qanday vositalarsiz sho‘ng‘ish) raqibga aylanadi. Ikki lider bir-biri bilan kurash olib boradi va chegarani topishga harakat qiladi, shundan so‘ng raqib taslim bo‘ladi. Biroq, ulardan biri uchun bu xavfli sho‘ng‘ish oxirgisi bo‘ladi.

“Zamonlar osha” — 1993-yil

Foto: Grazia

XII asrdagi Fransiya zamonaviy Fransiyadan juda farq qiladi. To‘yiga oz qolgan graf Godfrua yovuz sehrgarning afsuni ta’siri ostida bo‘lajak qaynotasini kamon bilan o‘ldiradi. U nima uchun bunday bo‘layotganini tushunishga harakat qilib, vaziyatni tuzatish yo‘llarini qidiradi. U yordam so‘rab sehrgar Evseviyga murojaat qiladi va sehrgar tasodifan grafni o‘tmish o‘rniga kelajakka yuboradi. U yerda oliyjanob zodagon va yordamchisi ko‘plab ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Ular hatto o‘z avlodlari bilan uchrashadi.

“Leon” — 1994-yil

Foto: Grazia

Leon — sovuqqon, yollanma qotil. Kunlardan bir kuni u 12 yoshli qo‘shnisi Matilda bilan uchrashadi, uning oila a’zolarini politsiya o‘ldirgan. Keyin bosh qahramon uni vasiylikka oladi va o‘zi bilgan narsalarni unga o‘rgatishga qaror qiladi. Unda birdan otalik tuyg‘ulari uyg‘onadi. Biroq, bu uzoq davom etmaydi, chunki qiz xavfli o‘yinni boshladi.

“Qizil daryolar” — 2000-yil

Foto: Grazia

Mashhur fransuz trilleri Fransiyaning Alp tog‘larida sodir bo‘lgan shafqatsiz qotillik haqida hikoya qiladi. Parij politsiyasi komissari Per Nyeman tergovni boshlaydi, mahalliy politsiyachi Maks Kerkeryan esa unga yordam beradi. Ular jinoyatchini topishga harakat qilayotganda, yaqin joyda yana bir jasad topiladi. Dastlab bu voqealar bir-biriga aloqador tuyulmaydi, biroq vaqt o‘tib ular o‘rtasida bog‘liqlik borligi ayon bo‘ladi. Film tomoshabinlarni doimo shubhada ushlab turadi va ularni tergovchilar haqiqatning tagiga yetib, zarar ko‘rmaydilarmi, deb hayron bo‘lishga majbur qiladi.

“Vasabi” — 2001-yil

Foto: Grazia

Fransiya politsiyasi xodimi Yuber Fiorentini jinoyatchilar bilan ishlashning noan’anaviy usullari bilan mashhur bo‘ladi. U shafqatsiz va sabrsiz, aynan shuning uchun majburiy ta’tilga yuboriladi. Biroq bosh qahramon uzoq vaqt dam olishi kerak emas, chunki u sobiq sevgilisining so‘nggi vasiyatini bajarish uchun Yaponiyaga uchishi kerak bo‘ladi. Xullas, u dunyoning boshqa chekkasida ham o‘ziga dushmanlar orttiradi, ular nafaqat unga, balki o‘zi bilmagan qiziga ham tahdid soladi. Drama va komediya janrida suratga olingan filmning yakuniy sahnalari ko‘zyosh to‘kishingizga sababchi bo‘ladi.

“Da Vinchi kodi” — 2006-yil

Foto: Grazia

Den Braun muallifligidagi mashhur romanning filmga moslashuvi hech kimni befarq qoldirmaydi. Hikoyadagi voqealar Parijda bo‘lib o‘tadi, u yerda professor Robert Lengdon muzey xodimini o‘ldirishda asosiy gumondor deb topiladi. U o‘zining aybsizligini qanday isbotlashni bilmaydi va ish bilan shug‘ullanadi. Shunday qilib, Robert Da Vinchi suratlaridan birida xabar yashiringanligini aniqlaydi. Politsiyachi Bezu Fache professorni kuzatib boradi, biroq u ham Lengdonni shkafda skeletlari yashiringan Vatikan xodimlari kabi qo‘rqitmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »