Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan yili mamlakat budjetidan tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash bilan bog‘liq xarajatlar uchun qariyb 6,7 trillion so‘m xarajat yo‘naltirilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan “Fuqarolar uchun budjet” nashrida qayd etilgan.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ma’lum qilinishicha, tabiiy gaz oldi-sotdisi narxlaridagi keskin farq iqtisodiyotga yo‘naltirilgan xarajatlar oshishiga sabablardan biri bo‘lgan.

“Iqtisodiyotga amalga oshirilgan xarajatlarning oshishi qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 4,5 trillion so‘m miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatilishi hamda UzGasTrade AJ tomonidan tabiiy gazni sotib olish va sotish o‘rtasida yuzaga kelgan zararni qoplash uchun 6,7 trillion so‘m miqdorida xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq”, — deyiladi vazirlik axborotida.

O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari aholi va yuridik shaxslar uchun 2019-yildan beri o‘zgarmay kelmoqda. Shuning uchun budjet xarajatlarining bir qismi tabiiy gaz narxidagi tafovutni qoplashga ketadi. Bir kub metr gazni qazib olish narxi 550 so‘m bo‘lsa, aholiga sotilayotgan narx 380 so‘mdan to‘g‘ri keladi.

Avvalroq sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov 2023-yilda jalb qilinadigan davlat qarzlarining 14,5 trillion so‘mi tabiiy gaz subsidiyasiga sarflanishini aytgandi.

“Tashqi qarzning 3 milliard dollardan ortiq qismi budjetni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Masalan, bu yilgi ikkita yirik xarajatdan biri hisoblangan tabiiy gaz narxi uchun beriladigan subsidiyaga 14,5 trillion so‘m sarflash belgilangan”, — degan u.

Maʼlumot uchun, 2023-yilda O‘zbekiston nomidan va respublika kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 milliard AQSH dollari etib belgilangan. Shundan davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 milliard dollar, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga 2,5 milliard dollar yo‘naltirish rejalashtirilgan.

“Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, joriy yilda 19,2 trillion so‘m mablag‘lar davlat qarzining asosiy qismini to‘lashga sarflanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »