Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida “Zo‘rTV” jurnalisti va operatori kalataklandi. Kaltaklangan operator ayni paytda shifoxonaga yotqizilgan.

Kaltaklangan jurnalist Nurzodbek Vohidovga ko‘ra, voqea bugun soat 13:30 atrofida sodir bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida betonli to‘sin temiryo‘l ustiga qulab tushgani aytilgan xabarlar tarqalgach, aslida nima bo‘lganini bilish uchun voqea joyiga bordik. Voqea joyiga borganimizda jurnalistlar voqeani o‘rganib qaytishgan ekan. Bizga rahbariyat prokuraturaga ketishgan deyishgach, mayli, holatni syomka qilaylik, dedik. Va qulagan ko‘prikning oldiga bormay, syomka qildik. Rahbariyat kelavermagach, ularni so‘radik. Tushlikda deyishdi. Tushlik vaqti tugagach ham kelaverishmagach, yana so‘radik.

Rahbariyati kechikayotgani uchun bizdan oldingi kelgan kanal xodimlariga qayerlarni syomka qilishga ruxsat berilgan, o‘sha joylarni olaylik, vaqtimiz ziq deb tushuntirdik. Xo‘p, deb bizdan oldin borgan kanallar syomka qilgan joyni ko‘rsatishdi. Kirib, holatni tasvirga olayotganimizda kamerada ko‘ringan odam syomka qilma deb, so‘kinib ketdi. Salom berib, o‘zimizni tanishtirdik. Ammo u kishi hatto o‘zini ham tanishtirmay so‘kinib, ishimizni yig‘ishtirishimizni talab qildi. Bizni olib chiqish kerakligini aytdi. Shundan so‘ng o‘zi kameraga tashlandi, — deydi voqea haqida gapirgan jurnalist.

Foto: Videodan kadr

Suhbatdosh jurnalistning aytishicha, jurnalistlarni kaltaklagan zo‘ravonning ismi Nodir bo‘lib, uning lavozimi haqida maʼlumot yo‘q.

Foto: Videodan kadr
Operatorimiz Sardorbek Yo‘ldoshevning burnini sindirishdi. Ayni paytda operatorimiz tez yordamda shifoxonaga olib ketilgan. Menda ham jarohatlar bor. Shifokorlar tibbiy ko‘rik zarur dedi. Ammo telekanal kamerasi, mikrofonini ishxonaga yetkazishim kerak edi. Shu sabab men barcha ish qurollarni olib ishxonaga qaytdim, — deydi u.
Foto: Videodan kadr

Taʼkidlanishicha, voqea joyida telekanal kamerasi singan.

Bizni kaltaklay boshlagan, operatorimizning ishiga xalal bergan kishiga kameramiz qimmatligini tushuntirishga urindik. Ammo parvo qilmadi. Yonidagi kishilar bizga yordam berib, zo‘ravonni to‘xtatish o‘rniga, bizni ushlab olib, unga yordam berayotgandek edi, — deydi jurnalist.

“Zo‘rTV” jurnalisti Nurzodbek Vohidovning qo‘shimcha qilishicha, voqeadan so‘ng hudud profilaktika inspektori ularga qo‘ng‘iroq qilib, voqea haqida so‘ragan.

Foto: Videodan kadr
Shuningdek, telekanalimiz rahbariyati voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xat chiqarishmoqchi. Kanalimiz yuristi biz bilan suhbatlashib, hujjatlar tayyorlamoqda, — deydi Nurzodbek.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »