Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning Sheroz shahridagi Shoh Cherax maqbarasida sodir etilgan otishma Tojikiston fuqarosi tomonidan amalga oshirilgani aniqlandi. Bu haqda Tasnim xabar berdi.

Foto: AP Photo

Sheroz shahridagi terakt 13-avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Ikki noma’lum shaxs o‘qotar qurollar bilan maqbaraga bostirib kirib, o‘tkinchilarga o‘q uzgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum paytida ikki kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan.

Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari hujumchilardan birini otib o‘ldirgan, ikkinchisini esa qo‘lga olingan. So‘roq paytida o‘zini Rahmatulla Norozov deb tanishtirgan Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.

Eron xavfsizlik kuchlari, shuningdek, teraktga aloqadorlikda gumon qilingan o‘n kishini qo‘lga olgan, ularning barchasi xorijlik bo‘lib chiqqan. Biroq ularning qaysi davlat fuqarolari ekani aniqlanmagan.

Hujum uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »