Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Argentinada iyul oyida narxlarning o‘sishi 6,3 foizni tashkil etdi, yil boshidan beri inflyatsiya 60 foizdan oshdi. Bu haqda Respublika Statistika va aholini ro‘yxatga olish instituti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda ma’lum qilindi.

“2023-yil iyul oyida iste’mol narxlari indeksining umumiy darajasi 6,3 foizga o‘sdi, jami o‘sish 60,2 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu oyiga nisbatan o‘sish 113,4 foizni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
Foto: Google Images

Hisobot tuzuvchilari maʼlumotlariga ko‘ra, iyul oyida aloqa xizmatlari eng ko‘p (12,2 foizga) oshgan. Ulardan keyin dam olish va madaniyat sohalari bormoqda, bu sohada narxlar 11,2 foizga oshgan. Oziq-ovqat narxlari esa 5,8 foizga o‘sdi.

Argentina bir necha yillardan buyon eng yuqori inflyatsiyaga ega davlatlar qatoriga kiradi. Fevral oyida yillik inflyatsiya 102,5 foizga yetdi, bu 1991-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

2022-yil yakuni bo‘yicha narxlar o‘sishi 94,8 foizni, 2021-yilda – 50,9 foizni, 2020-yilda – 36,1 foizni, 2019 yilda esa 53,8 foizni tashkil etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »