Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli UNG Petro avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benzinining narxi 8600 so‘mdan 9200 so‘mga oshirildi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, narx ko‘tarilishi bahordan beri amal qilib kelgan chegirma yakunlangani bilan bog‘liq.

Foto: “Daryo”

Joriy yilning mart oyida bahorgi chegirma eʼlon qilinib, UNG Petro AYQSHlaridagi Ai-92 markali benzin narxi 9200 so‘mdan 7 500 so‘mga pasaytirilgandi. “O‘zbekneftgaz”AJ mazkur chegirma faqat cheklangan muddatda amal qilishini bildirgan.

Avgust oyi boshida mazkur markadagi benzin narxi 8 600 so‘mga ko‘tarildi. Bugun (16-avgust kuni) esa UNG Petro zapravkalarida Ai-92 benzinining 1 litri 9200 so‘mdan sotilmoqda.

“Qish oylarida Ai-92 benzinining litri 9200 so‘m bo‘lgan. Bahorgi aksiya doirasida narx 7500 so‘mga tushirilgandi. Hozirda aksiya tugab, narxlar yana joyiga qaytdi”, — deya “Daryo”ga maʼlum qildi kompaniya vakillaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Energetika vazirligi ko‘rilayotgan choralar natijasida Ai-92 markali avtobenzin narxi may oyida 7500 so‘mdan ham arzonlashishi kutilayotganini bildirgandi.

“O‘zbekneftgaz” departament boshlig‘i Jamshid Bagirov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda kompaniyaga qarashli AYQSHlar soni respublikadagi jami zapravkalarning 3 foizini tashkil etishini aytgan.

Respublikada 2500 ta atrofida AYQSHlar bo‘lsa, shundan “O‘zbekneftgaz”ga tegishlilari atigi 70 ta, xolos. Bu umumiy hisobda 2-3 foizni tashkil qiladi, — degan kompaniya vakili.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »