Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Maktabgacha taʼlim agentligi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) sonini maʼlum qildi.

Infografika: Maktabgacha taʼlim agentligi 

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikada jami 30 792 ta bog‘cha faoliyat ko‘rsatyapti. Shundan davlatga qarashli MTTlari soni 6 734 ta, nodavlat bog‘chalar 24 058 tani tashkil etadi.

Taqqoslash uchun, 2017-yilda mamlakatda 5 211 ta bog‘cha bo‘lgan. 2018-yilda bu raqam 7104 taga, 2019-yilda 13 530 taga, 2020-yilda 18 254 taga yetgan. 2021-yilga kelib bog‘chalar soni keskin ko‘paygan va 27 609 tani tashkil etgan. 2022-yilda esa bu ko‘rsatkich 29 420 tagacha ortgan.

Maʼlum qilinishicha, agentlikka 2023-yilning 1- yarim yilligida tadbirkorlar tomonidan bog‘chalar ochish masalasida 5 486 ta arizalar kelib tushgan. Shundan 2 089 ta loyiha maʼqullangan, 1 846 ta loyihalar bilan bitim imzolangan. Natijada 59 072 ta yangi quvvat, 4 615 ta yangi ishchi o‘rin yaratildi.

“Yarim yil mobaynida quvvati 41 920 nafar bolani qamrab olgan 1 310 ta oilaviy MTTlar o‘z faoliyatini boshladi”, — deyiladi manba maʼlumotida.

Shuningdek, bu 6 oy ichida respublikadagi 740 ming nafarga yaqin tarbiyalanuvchilarni qamrab olgan 21 mingdan ortiq nodavlat (jumladan, oilaviy MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1,2 trillion so‘m miqdorda subsidiyalar ajratilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »