Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Litva, Latviya va Polsha 28-avgust kuni Belarus bilan chegarani yopish masalasini muhokama qiladi.

Ushbu mamlakatlar Belarus bilan chegarani to‘liq yopish bo‘yicha jamoaviy qaror qabul qilishlari mumkin. Bu haqda Litva ichki ishlar vaziri Agne Bilotayte jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala 28-avgust kuni ichki ishlar vazirlari darajasida muhokama qilinadi.

“Hozirda chegarani yopish bo‘yicha harakatlar sxemasi tayyorlanmoqda”, — dedi Bilotayte jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Bugun 16-avgust kuni ertalab Latviya Davlat chegara xizmati Belarus bilan chegarani mustahkamlash maqsadida 15-avgustdan boshlab shoshilinch qo‘shimcha chegarachilarni safarbar qilishi haqida bayonot bergandi.

Foto: Reuters

Nima uchun qo‘shni davlatlar Belarus bilan chegarani yopmoqchi? 

Rossiyada Yevgeniy Prigojinning isyonidan keyin “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlarining bir qismi Belarusga ko‘chib o‘tgandi. Bunga javoban avvalroq Polsha, keyin Latviya rasmiylari Belarus bilan chegarani himoya qilishni kuchaytirdi.

Belarusga qo‘shni davlatlar rasmiylarning aytishicha, ushbu mamlakatlarda “Vagner”ga qo‘shilishga chaqiriqlar bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »