Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi kamaymagan. Aholiga gaz yetishmasligiga boshqa sabablar bor. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Usmonov jurnalistlar uchun uyushtirilgan press-turda ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Behzod Usmonov
Foto: “Daryo”

Behzod Usmonovning aytishicha, aholi va biznesning energetikaga bo‘lgan talabi tez o‘sib bormoqda.

“O‘zbekistonda 287 ta gaz konlari bo‘lib, shundan 123 tasi bizning jamiyat tasarrufida. Hali ko‘p gazimiz bor. Gaz qazib olish hajmi kamaygani yo‘q. Hozir ishlab chiqarilgan gaz yetishmasligi aholi sonining oshayotgani bilan bog‘liq. Odamlar ham ko‘paymoqda, ishlab chiqarish quvvatlari ham oshmoqda. Yaʼni energetikaga talab juda yuqori. To‘g‘ri, asosiy va eng yirik konlarimizda ishlab chiqarish pasaymoqda. Buning oldini olish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti. Xususan, yangi konlar, quduqlarni burg‘ilash ishlari olib borilyapti. Bu yil ham bir nechta yangi konlar ochilishi rejalashtirilgan”, — dedi rais o‘rinbosari.

“O‘zlitineftgaz” AJ raisi Ulug‘bek Nazarovning ta’kidlashicha, respublikada barcha konlardagi gaz zaxiralarining umumiy hajmi 1,8 trillion kub metrni tashkil etadi.

Ulug‘bek Nazarov
Foto: “Daryo”
“Jami zaxiralarning 50 foizi — 900 milliard kub metri “O‘zbekneftgaz” konlaridagi gaz zaxiralari hisoblanadi. Bizdagi asosiy zaxiralar 50 foizdan ko‘p gaz qazib olingan konlarda yotipdi”—dedi mutaxassis.  

Ma’lum qilinishicha, joriy yil uchun “O‘zbekneftgaz”ga 32,2 milliard kub metr gaz qazib olish vazifasi yuklatilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021-yilda mamlakatda 53,8 milliard kub metr, 2022-yilda  51,6 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olingan.

Izoh

BOBUR URALOVICH

18.08.2023, 21:21

Agar shu ketishda ketsalaring uzogʻi 19 yilda gaz zaxirasi tugarkan.Axoli koʻpayotganmish.Axmoqlar avtomobil koʻpaymoqda Gaz quyish shaxobchalari koʻpaymoqda deb gapir undan koʻra.Benzin narxini tushurib gaz zaprafkani yop shunda qishdan betalofat chiqadi xalq.Bu gazda kelajak avlodni xam xaqqi bor.Ye miyyanga skeylar

Jakhongir

17.08.2023, 23:39

биламиз халк йилдан йилга копаяйотганини урток уринбосар сиз бекордан бекорга ойлик олиб креслода утирганиз йок сизларам бир бошкотиринг минде колган давлатларни ходимларига ухшаб халкни уйлелар жониларни фидо килилар шу халк учун хадеб сукиб эслашни урнига бир мактабам гапирелик силарни

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »