Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qaysi mahsulotlar hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolardan biri — jigar faoliyatini yaxshilashi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: “Noviy ochag”

Rang-barang sabzavotlar

Rang-barang sabzavotlar jigar hujayralarini zararli radikallardan himoya qiluvchi, yallig‘lanish jarayonining oldini oluvchi antioksidantlarga ham boy sanaladi. Qolaversa, qarish jarayonini sekinlashtirgani sabab ham ratsionga qizil va sariq rangli sabzavotlar — sabzi, qovoq va bulg‘or qalampirini kiritish tavsiya qilinadi.

Gulkaram

Gulkaram nafaqat jigar, balki butun organizm uchun muhim bo‘lgan vitamin va minerallarning koni sanaladi. Uni doimiy ravishda iste’mol qilish jigar faoliyatini yaxshilab, o‘t suyuqligining jadal ajralishini ta’minlaydi, organizmdan shlaklarni chiqarishga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, parhezbopligi uchun sarvqomat bo‘lishni istaganlar ratsioniga kiritishi tavsiya qilinadi.

Avokado

Antioksidant birikmalar, vitamin va foydali yog‘larning koni bo‘lgan avokado jigar hujayralarining tiklanishi va mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi, faoliyatini yaxshilaydi.

Suli yormasi

Suli yormasi kletchatka va jigarni zararlanishdan saqlaydigan beta-glyukanlarning koni sanaladi. Uning iste’moli kelib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, oshqozon-ichak trakti va miya faoliyatini yaxshilab, vaznning me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Sekin singadigan uglevodlar serobligi hisobiga uzoq vaqt qorinni to‘q tutadi.

Quritilgan mevalar

Quritilgan mevalar jigarning me’yoriy faoliyati uchun muhim bo‘lgan glyukoza, vitamin va minerallarning koni. Qo‘shimcha shakari bo‘lmagan tabiiy mahsulot, vitamin va kletchatkalarga boyligi bilan o‘ziga xosdir. Quritilgan o‘rik, qorag‘at va anjir, ayniqsa jigar uchun foydaning koni. Ammo kaloriyasi serob ekani sabab iste’mol borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »