Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhurlar oddiy insonlar kabi tinch oilaviy baxtga intiladi. Ularning orasida ko‘plab farzandli bo‘lishni ma’qul ko‘rganlari ham bor. “Yandeks Dzen” nashri shu kabi ko‘p farzandli mashhur insonlar haqida ma’lumot berdi.

Anjelina Joli

Foto: “Yandeks Dzen”

Anjelina Joli — ko‘p farzandli mashhurlar haqida gap ketganda xayolga keladigan birinchi inson. Uning Bred Pitt bilan turmushidan uch nafar farzandi bor, bundan tashqari, aktrisa ikki nafar o‘g‘il va bir nafar qizni asrab olgan. Umuman olganda, u olti farzandning onasi.

Madonna

Foto: “Yandeks Dzen”

Madonna 1996-yilda, ya’ni 38 yoshida qizini dunyoga keltirgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, xonanda rejissor Gay Richi bilan turmushidan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Keyinchalik u yana to‘rt nafar farzandni asrab oldi. Xonanda hozirda olti nafar farzandini tarbiyalamoqda.

Eddi Myorfi 

Foto: “Yandeks Dzen”

Eddi Myorfi o‘n nafar farzandning otasi. Uning birinchi turmushidan oldin ham ikki nafar farzandi bor edi. Aktyorning 1993-yildan 2005-yilgacha bo‘lgan turmushidan besh nafar farzandi dunyoga keldi. Aktyor bu rafiqasi bilan ajrashgandan so‘ng Spice Girls guruhining sobiq a’zosi bilan turmush qurdi va bu turmushdan yana bir qiz farzand dunyoga keldi. Keyinchalik yana turmush qurgan aktyor yana ikki nafar qizlik bo‘ldi.

Kevin Kostner

Foto: “Yandeks Dzen”

Kevin Kostnerning yetti nafar farzandi bor. U talabalik yillarida birinchi rafiqasi bilan oila qurdi va bu turmushdan uning uch nafar farzandi dunyoga keldi. Juftlik 1994-yilda ajrashdi va Kostnerning keyingi turmushidan yana bir nafar farzandi dunyoga keldi. Aktyor 2004-yilda yangi hayot boshladi va yana oila qurdi, shundan so‘ng u yana uch farzandning otasi bo‘ldi.

Alek Bolduin

Foto: “Yandeks Dzen”

Alek Bolduin olti nafar farzandning otasi. Uning Kim Basinger bilan birinchi turmushidan bir nafar qizi bor edi. Aktyor 2012-yilda yoga bo‘yicha o‘qituvchisi bilan turmush qurdi va bu turmush uni yana besh nafar farzandning otasiga aylantirdi. 62 yoshli aktyorning eng kichik farzandi 2020-yilda tug‘ilgan.

Klint Istvud 

Foto: “Yandeks Dzen”

Ko‘plab erkaklar ikkita alohida hayotni: birinchisini yoshlikda va boshqasini keksalikda boshdan kechirishga muvaffaq bo‘lishsa, Istvud o‘nlab turli hayotni yashaganga o‘xshaydi. U rasmiy ravishda ommaga ma’lum bo‘lgan sakkiz farzandning otasi. Aktyorning birinchi qizi 1954-yilda, kichigi esa 1996-yilda dunyoga kelgan.

Mia Ferrou

Foto: “Yandeks Dzen”

Mia Ferrou to‘rt farzandni dunyoga keltirdi, ularning uch nafari birinchi turmush o‘rtog‘i — mashhur musiqachi bilan turmushidan va bittasi Vudi Allen bilan nikohidan tug‘ilgan. Bundan tashqari, u o‘n nafar bolani asrab oldi, ularning ba’zilari turmushga chiqdi, ba’zilari esa oila qurmagan. Umuman olganda, Mia Ferrou o‘n to‘rt farzandning onasi.

Mel Gibson

Foto: “Yandeks Dzen”

Mel Gibson birinchi bor 1980-yilda turmush qurdi. Uning birinchi rafiqasi bilan turmushidan yetti nafar farzand: bir qizi va olti o‘g‘li dunyoga keldi. Juftlik 2006-yilda ajrashdi. 2009-yilda Mel Gibsonning Oksana Grigoriyeva bilan turmushidan yana bir nafar qiz farzand dunyoga keldi. 2017-yilda aktyorning to‘qqizinchi farzandi tug‘ildi.

Robert De Niro 

Foto: “Yandeks Dzen”

Robert De Niro olti farzandning otasi. 1976-yilda uning birinchi turmushidan birinchi farzandi dunyoga keldi va shuningdek u rafiqasining farzandini ham asrab oldi. Aktyor birinchi rafiqasi bilan ajrashganidan keyin yana turmush qurdi va egizaklarning otasiga aylandi. 1997-yilda aktyor yana uylandi va uning bu turmushidan ikki nafar farzandi dunyoga keldi. Aktyorning eng kichik farzandi 2011-yilda dunyoga kelgan.

Charli Chaplin 

Foto: “Yandeks Dzen”

Charli Chaplin o‘n bir farzandning otasi. Uning birinchi nikohidan bo‘lgan birinchi farzandi 1919-yilda tug‘ilgan. Aktyorning ikkinchi turmushidan yana ikki nafar farzand dunyoga kelgan. Una O‘nil Chaplinning to‘rtinchi rafiqasi bo‘lgan, uning bu turmushidan sakkiz nafar farzandi bor edi. Chaplinning eng kichik farzandi 1962-yilda tug‘ilgan, o‘sha paytda aktyor 73 yoshda bo‘lgan.

Marlon Brando

Foto: “Yandeks Dzen”

Marlon Brando o‘n besh farzandning otasi sifatida qayd etilgan. 1958-yilda uning birinchi o‘g‘li tug‘ildi. Uning ikkinchi turmushidan yana ikki farzandi dunyoga kelgan. Keyingi turmushdan ham uning yana ikki nafar farzandi tug‘ildi. Aktyorning uydagi ishchisi bilan turmushidan ham uch farzandi bor edi. Uning eng kichik farzandi 1994-yilda, aktyor 70 yoshda bo‘lgan paytda tug‘ilgan. Bundan tashqari, u uchta bolani asrab oldi. Shuningdek, aktyor 1967-yil va 1968-yillarda tug‘ilgan yana uch farzandning otasi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »