Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda benzinga talabning keskin oshishi va narxlar ko‘tarilishi mumkinligini inobatga olib, qator choralar ko‘rilgan. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari logistikasi departamenti boshlig‘i Jamshid Bagirov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Jamshid Bagirov
Foto: “Daryo”

“Choralar ko‘rilgan”

Jamshid Bagirovning aytishicha, hozirda o‘tgan yilgi qish sovuq kelgani va bir muddat benzin defitsit bo‘lganini inobatga olib, talab keskin oshishi bo‘yicha choralar ko‘rilgan.

“Hozirda o‘zimizda ishlab chiqarilgan benzin zaxiralarini yaratganmiz. Bundan tashqari, xorijiy hamkorlar, xususan, Rossiya bilan benzin importi bo‘yicha shartnomalar imzolab qo‘yganmiz. Agar ushbu mahsulotga bu yil ham talab keskin ortsa, taqchillik va narx oshib ketishining oldini olish uchun benzin import qilamiz hamda isteʼmolchilarga yetkazamiz. Viloyatlarda benzin import qiladigan tijorat kompaniyalariga mahsulotni saqlash uchun sharoit yaratib berganmiz. Bu yil ham talab oshsa, viloyatlardagi tadbirkorlar bilan birgalikda benzin import qilish choralari ko‘rilmoqda”, — dedi mutaxassis.
Foto: “Daryo”

Kunlik benzin sotuvi qancha?

Jamshid Bagirov hozirda “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” kuniga 3 ming tonna, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” har kuni ming tonnadan benzin ishlab chiqarishi va mahsulot birja savdolarida sotilishini aytdi.

“Bundan tashqari, ulgurji neft mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar o‘zlari Turkmaniston, Qozog‘iston va Rossiyadan benzin import qilib, respublikada sotadi. Bunga hech qanday to‘siq yo‘q. Aksincha, tadbirkorlar olib kelib sotishi uchun AI–80 benzini aksiz solig‘idan ozod qilingan, import uchun katta chegirmalar berilgan. Viloyatlarda joylashgan neft bazalarida tadbirkorlar benzin olib kelib sotishi uchun joylar ajratib berganmiz”,—dedi u.

Bugungi kunda 1 tonna AI–80 benzinining birjadagi narxi 5 million 995 ming so‘m (1 tonna 1315 litrga teng). “O‘zbekneftgaz” bir necha yo‘nalishlar qatorida neft mahsulotlaridan avtobenzin va dizel mahsulotlari ham ishlab chiqaradi. Benzin narxlari mahsulot tannarxi va transport xarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

O‘zbekistonda nechta zapravka bor?

Hozirda mamlakatda 2 500 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSH) faoliyat olib boradi.

“Shundan “O‘zbekneftgaz”ga qarashli zapravkalar soni (UNG Petro) 70 ta bo‘lib, respublikadagi jami AYoQSHlarning 3 foizini tashkil etadi. Qolgan 98 foiz zapravkalarda aholiga benzin yetkazib berish xususiy sektor, tadbirkorlar yordamida amalga oshiriladi. Kompaniyamiz tasarrufidagi AYoQSHlar boshqa zapravkalar bilan teng huquqli. Hech qanday ortiqcha imtiyozlari yo‘q. Ular ham barcha tadbirkorlar qatori birja savdolarida qatnashib, o‘zlariga kerakli hajmdagi benzinni sotib oladi va belgilagan narxlarida sotadi”, —dedi Jamshid Bagirov.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” zapravkalarida AI–92 benzini narxi avvalgi holatiga qaytib, 9200 so‘mdan sotilayotgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »